• Matlabning 1-lahjasi 70-yillarning oxirlarida Nyu-Meksika va Stanford universitetida yozilib, matritsalar nazariyasi, chiziqli algebra, sonlar tahlili kursidan dars berish uchun qo’llanilgan.
  • Matlab tizimi ko’proq qo’llaniladigan sohalar: 1. matematika va hisoblash 2. Algaritmlarni qayta ishlash 3. ilmiy va muhandislik grafikasi
  • Matlab tizimi bu ham amaliyot muhit, ham dasturlash tilidir. Tizimning eng kuchli tomonlaridan biri bu Matlab tilida ko’p marta foydalaniladigan dasturlar yozish mumkin.
  • 1-аmаliy mаshg’ulоt mavzu: amaliy dasturlar yordamida muhandislik masalalarini matematik modellarini yaratish (mathematica, maple, matlab, mathcad) Ishdan maqsad: Talabalarga matematik va grafik modellarni yaratishni o’rgatish




    Download 95.56 Kb.
    Sana17.10.2023
    Hajmi95.56 Kb.
    #88020
    Bog'liq
    Презентация 1
    Менің курс жұмысым, Azamat1, 3-kurs (ПП) 01-19 vedomost qayta, Тема, iqtibos, R, Diplom ishi, Kurs ishi Iqtisodiyot sikllari, 1, Kurs ishi, BUyruq, 1-mustaqil ta'lim topshirig'i

    1-АMАLIY MАSHG’ULОT MAVZU: AMALIY DASTURLAR YORDAMIDA MUHANDISLIK MASALALARINI MATEMATIK MODELLARINI YARATISH (MATHEMATICA, MAPLE, MATLAB, MATHCAD)
    Ishdan maqsad: Talabalarga matematik va grafik modellarni yaratishni o’rgatish. Talabalar olgan nazariy bilimlarini tajribada qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat .
    Matlab va MathCAD loyihalash tizimlari.
    Matlabning 1-lahjasi 70-yillarning oxirlarida Nyu-Meksika va Stanford universitetida yozilib, matritsalar nazariyasi, chiziqli algebra, sonlar tahlili kursidan dars berish uchun qo’llanilgan.
    Hozir tizimning imkoniyatlari keng darajada oshgan. Hozirda Matlab – bu muxandislik va ilmiy hisoblarning yuqori samarali tili. U matematik hisoblar, ilmiy grafikani vizuallashtirish va dasturlashni ta’minlaydi.
    Matlab tizimi ko’proq qo’llaniladigan sohalar:
    1. matematika va hisoblash
    2. Algaritmlarni qayta ishlash
    3. ilmiy va muhandislik grafikasi
    4. amaliyot dasturlarini qayta ishlash.
    5. hisoblash eksperimenti, modellashtirish imitatsiyasi, maketlash.
    Matlab – bu shunday interfaol (bevosita) tizimki, undagi asosiy ob’ekt bo’lgan massivning o’lchamlarini aniq yozish talab qilinmaydi. Bu esa juda ko’p hisoblashlarni(vektor, matritsa ko’rinishidagi) tez vaqtda echish imkonini beradi. Shuning uchun Matlabda xotirani dinamik taqsimlash evaziga C va Fortran tillaridagiga qaraganda amallar bajarish osonroq kechadi.
    Matlab tizimi bu ham amaliyot muhit, ham dasturlash tilidir. Tizimning eng kuchli tomonlaridan biri bu Matlab tilida ko’p marta foydalaniladigan dasturlar yozish mumkin.
    USLUBIY KO’RSATMALAR MATLAB dasturining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal- interfaol rejimda ishlaydi va inda mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil energetik. Mexanik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish imkoniyatlan mavjud.
    Bir tomondan, MATLAB dasturidan dasturlash tili sifatida foydalanib, mavjud (yoki foydalanuvchi o’zi tuzgan) funksiyalar, hisoblash algoritmlari asosida turli xil energetik, mexanik va dinamik sistemalar ustida har xil hisob-kitoblar ishlari va ularning tavsiflarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin.
    MATLAB dasturida arifmetik amallar bajarish MATLAB dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosining A dan 7 gacha barcha katta va kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, ham o’zgaruvchi sifatida, ham ozgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, klaviaturadagi barcha maxsus belgilardan foydalaniladi. Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi. O’zgaruvchi nomi nechta va qanaqa belgi yoki belgilardan iborat bo’lishidan qat’iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Katta va kichik harflar bir-biridan farq qiladi.
    MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko’rinishida(«MATLAB» so’zi inglizcha «Matrix Laboratory», yani «Matritsali Laboratoriya» so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir) tasvirlanadi. Hattoki, skulyar o’zgaruvchilarni umumiy holda Ixl o’lchovli massiv(matritsa) deb qarash qabul qilingan Shuning uchun ham massiv va matritsalar ustida ishlash, MATLAB da samarali ishlashda muhim ahamiyatga ega
    Massiv bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to’plamidir. Massivning nomi bo’lishi shart. Massivlar o’lchovi yoki o’lchami bilan bir-biridan farq qiladi: bir o’lchovli ikki o’lchovli ko’p o’lchovli. Massiv elementlariga murojaat qilish indekslar orqali amalgam oshriladi.
    Mathcad dasturi
    Mathcad-universitet professor-o’qituvchilar, stajyorlar, tatqiqotchilar, aspirantlar, talabalar, texnik muxandislar, fiziklar, qolaversa barcha kasb egalari uchun hisoblash ishlarni bajaruvchi dastur ta’minoti hisoblanadi. Bu dastur bilan turli kasb egalari o’z sohasi bo’yicha masalalarni hal etishi va kerakli grafiklarni, diagrammalarni olishlari mumkin. Mathcad dasturini boshqacha qilib ayttanda dasturlash tili deyish mumkin.
    Mathcadda matematik tenglamalarni qog’ozga qanday yozilsa, ekranga ham shunday yoziladi. Bir vaqtning o’zida natijalarni ham olish mumkin. Foydalanuvchi bema’lol tenglamalariga ham izoh yozishi, 2 va 3 o’lchovli grafiklarni ham chizishi mumkin.
    Mathcad afzal tomonlaridan biri murakkab hisoblashlarni bajara olishi imkoniga ega. Foydalanuvchi masalasini, maqolasini, qolaversa barcha ilmiy ishlarini tayyorlashda ularni formatlash va chiroyli ko’rinishga keltirishda Mathcad ko’p imkoniyat yaratib beradi.
    Mathcad yuzdan ortiq o’zgaruvchili va konstantali chiziqli va chiziqsiz tenglamalar tizimi, matritsa va vektorlar ustida amallar, algebraik hisoblashlar, Laplas, Fur’e integrallari, massivlar, oddiy differentsial tenglamalar, chegaraviy shartlar, xususiy hosilali differentsial tenglamalar, polinomlarni tushuna oladi, ular ustida hisoblash ishlarini bajaradi.
    Mathcad ilmiy ishlarning natijalarni grafiklar bilan vizual qarashga imkon beradi. Foydalanuvchi funktsiyalarini osongina 2 va 3 o’lchovli grafiklarda turli ranglar, tumanli ko’rinishida, tekislikda tasvirlash imkoniga ega bo’ladi. Mathcad Help darchasidan foydalanishda ancha qulayliklar yaratilgan, bu ma’lumotnomadan kerakli ma’lumotlarni osongina qidirib topish mumkin.
    Umuman olganda Mathcad – bu komp’yuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollektsiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
    Mathcad paketi muxandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yrdamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni echish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.
    Download 95.56 Kb.




    Download 95.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-аmаliy mаshg’ulоt mavzu: amaliy dasturlar yordamida muhandislik masalalarini matematik modellarini yaratish (mathematica, maple, matlab, mathcad) Ishdan maqsad: Talabalarga matematik va grafik modellarni yaratishni o’rgatish

    Download 95.56 Kb.