|
Mavzu: Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti faninig predmeti
|
bet | 1/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #241818 |
Bog'liq PSIXOLOGIYA BABANAZAROVA D - Yetuklik davrining psixologik xususiyatlari.
- Termiz davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim yo`nalishi (sirtqi ta’lim) 23-05 guruh talabasi Babanazarova Dilafruzning UMUMIY PSIXOLOGIYA fanidan TAYYORLAGAN SLAYDI
Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu davr o‘ziga xos bo‘lib, o‘ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir.Yunon falsafasida “Akme”deb nomlanadi. Yunon falsafasiga ko‘ra “Akme” - Yunon falsafasiga ko‘ra “Akme”
- U so`zma-so`z tarjima qilinganda inson hayotining eng yuqori qismi degan ma’noni bildiradi.
- Etuklik insonning ma’naviy, intelektual va jismoniy qobilyatlarining eng yuqori darajasiga ko`tarilgan paytga to`g`ri keladi.
YETUKLIK - Bu ontogenezning eng uzoq davom etuvchi davri bo`lib, 25 yoshdan 55-60 yoshgacha davrni qamrab oladi.
Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi: - Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi:
- 1. Mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikma) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari (ta’hminan 1 yildan 3 yilgacha) jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr qimmatga erishish;
- 2. Mutaxassis sifatida o‘zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik mahoratini egallash;
- 3. Mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.
Hozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z moxiyatiga ko‘ra 3 xildir: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va xakazo; b) bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.
|
| |