|
Yuridik departamentning vazifalari
|
bet | 3/5 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 161,05 Kb. | | #272198 |
Yuridik departamentning vazifalari
Bank va uning tarkibiy bo’linmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish, uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish, bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish hamda sudlarda va boshqa idoralarda bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.
Kreditlash departamentining vazifalari
Bankda kreditlash amaliyoti bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtish, bunda mijozlarga kredit ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda kreditlash tamoyillariga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan bank kredit portfelini shakllantirish, bank uchun kreditlash faoliyatini tashkil etish va unga doir munosabatlarni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi asosiy mezon hisoblangan Kredit siyosatini va Kreditlash tartiblarini ishlab chiqish hamda ushbu tartiblar asosida filiallarda samarali kreditlash faoliyatini yo’lga qo’yish.
2. Korxona me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishish, o’rganish
ATB “Biznesni rivojlantirish banki” oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida» (yangi tahrirda), «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida» (yangi taxrirda), «Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida» (yangi taxrirda), «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi qonunlari (yangi taxrirda) va boshqa qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustav va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi.
1.Biznesni rivojlantirish bankida qo’llanilidagan hujjatlarni yuritishda va rasmiylashtirishda“O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu qonunlarga ko’ra:
1.1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank faoliyatini nazorat qilish va bank tizimida kredit tavakkalchiligi boshqaruvini yaxshilashga doir vazifalarni ijro etishi uchun sharoit yaratish maqsadida banklar kredit hujjatlarini yuritish bo‘yicha talablarni qamrab oladi.
1.2. Banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi.
1.3. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi.
1.4. Kredit bank tomonidan kredit shartnomasi asosida pul shaklida beriladi.
1.5. Bank bo‘lajak qarz oluvchidan mazkur Nizomga muvofiq ravishda kredit hujjatlarini yuritish uchun zarur bo‘ladigan barcha axborotni talab etishi zarur.
1.6. Kredit bergan bank shartnoma asosida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa usul vositasida kredit bo‘yicha to‘lovni talab etish huquqini har qanday miqdorda yon berishi mumkin. Yangi qarz oluvchi kreditga doir huquqini faqat yon berish to‘g‘risida yangi shartnoma tuzish vositasida qayta yon berishi mumkin.
1.7. Kredit tarkibidagi o‘zgarishlar (restrukturizatsiya) yozma tarzda kredit shartnomasi, garov haqidagi shartnoma, kredit shartnomasini bajarishga doir boshqa shartnomalarga tegishli o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan tayyorlanishi kerak.
|
| |