BERILGAN KREDIT BO‘YICHA HUJJATLARNI YURITISH TARTIBI




Download 161,05 Kb.
bet4/5
Sana24.09.2024
Hajmi161,05 Kb.
#272198
1   2   3   4   5
BERILGAN KREDIT BO‘YICHA HUJJATLARNI YURITISH TARTIBI
2.1. Bank har bir berilgan kredit bo‘yicha kredit yig‘majildini tayyorlaydi, u kredit shartnomasi imzolangan yoki tasdiqlangan kundan boshlab ochiladi hamda mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari asosiy qarz va foizlar to‘liq to‘langanidan so‘ng yopiladi.
2.2. Kredit yig‘majildi hujjatlari muhofazasi va vakolatliligini ta’minlash majburiyati yuklatilgan bank xodimi kredit yig‘majildini yuritish va saqlash uchun mas’uldi.
2.3. Markaziy bank bank faoliyatini tekshirayotgan davrda bank nozirlar talab qiladigan barcha kredit yig‘majildlarini, jumladan bank bo‘limlari bergan kreditlar bo‘yicha yig‘majildlarni taqdim etishlari shart.
2.4. Blankli (ishonchli) kreditga doir yig‘majildda har qanday turdagi kreditni berish uchun talab qilinadigan umumiy hujjatlarning mavjud bo‘lishi yetarlidir. Ushbu umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim:
Qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzui ko‘rsatilgan ariza;qarz oluvchining ta’sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari mas’ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan bo‘lishi shart; biznes-reja (iste’mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart bo‘lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno).agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi; qabul qilinganbuxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar, jumladan balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning konsultatsion bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart; mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining yetarliligini tasdiqlovchi pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot tahlili; bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o‘z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.
2.5. Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, unda kredit yig‘majildida qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi; garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan,garov obyekti qiymatini kelishuv dalolatnomasi; garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan,garov obyekti qiymatini kelishuv dalolatnomasi; garovga qo’yilgan mulkni sug’urta qilish shartnomasi va ushbu shartnoma bo’yicha sug’urta polisi; garov shartnomasining davlat kadastr idoralarida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma yoki davlat kadastr idoralarida garov shartnomasining davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi,belgilangan shaklda garov shartnomasiga qo’yilagan belgi;garov predmetini sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar,agar kredit,uni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo’lsa.
2.6 Ko’chmas bo’lmagan mulk garov to’g’risidagi shartnomaga muvofiq mulkka egalik qilish huquqi qarzdorga o’tganidan so’ng garov vositasi bo’ladigan mulkni sotib olish uchun beriladigan kreditlarga doir kredit yig’majildlarida mazkur mulkni sotish narxini va bu mulk sug’urta qilingan pul mablag’larida miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lishi lozim.
2.7 Agar kredit ko’chmas mulkni qurish,ta’mirlash va tiklashni moliyalash maqsadida berilgan bo’lsa,bank kredit yig’majildiga smeta hujjatlarini,shuningdek bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to’g’risidagi hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish to’g’risidagi dalolatnomani kiritish lozim.

Download 161,05 Kb.
1   2   3   4   5




Download 161,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BERILGAN KREDIT BO‘YICHA HUJJATLARNI YURITISH TARTIBI

Download 161,05 Kb.