|
Mavzu: Asia Alliance Bank aksiyadorlik jamiyati
|
bet | 1/5 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #250838 |
Bog'liq Asia Alliance Bank Mavzu: Asia Alliance Bank aksiyadorlik jamiyati Reja: 1. Asia Alliance Bank AJ 2. AJda foydani taqsimlash 3. AJda dividend siyosati 4. AJning qimmatli qog’ozlar bozoridagi ishtiroki
Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan, 2009 yilning 15 avgustida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan, 79-sonli Litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
Bank haqida
TUZILISHI
Bank operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ruxsatnomasi (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
Bank quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin:
- Jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; omonatlarga pul mablag‘larini jalb etish;
- Kreditlarning qaytarishliligi, to‘lovliligi, ta’minlanganligi, maqsadliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan Bank mijozlariga – korxona, tashkilot va muassasalarga kreditlar berish;
- Mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
- Moliyaviy lizingni tashkillashtirish va amalga oshirish;
Faoliyatining sohasi va maqsadi
- Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa operatsiyalarni barajarish;
- Pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
- Jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
- Uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
- Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
- Uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
- Xalqaro bank amaliyotlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasida maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar;
Moody's Investors Service xalqaro reyting agentligi «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning uzoq muddatli kredit reytinglarini B2 darajasida, «Barqaror» prognoz bilan tasdiqladi. 2022-yilning fevralida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan «uzA+» milliy shkala bo’yicha bankning individual kredit reytingi tasdiqlandi.
|
| |