|
Mavzu: Asia Alliance Bank aksiyadorlik jamiyati
|
bet | 4/5 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #250838 |
Bog'liq Asia Alliance BankDividend siyosati
Dividendlar to„lash, ular miqdori, to„lov tartibi va muddatlari to„g„risida qaror qabul qilishning aksiyadorlarga tushunarli va shaffof mexanizmini belgilash maqsadida Bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi tomonidan har yili dividend siyosati tasdiqlanadi. Yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish
Qonun hujjatlari talablariga va Bankda korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlariga muvofiq, yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish jarayonini tartibga soluvchi ichki hujjat ishlab chiqilgan va qo„llanilmoqda, shu jumladan Bankning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan masʼul shaxslar, bitimlarni o„rganish va kelgusida ular bo„yicha qarorlar qabul qilish tartibi va shartlari belgilangan.
Bankning yirik bitimlari va affillangan shaxslar bilan bitimlari to„g„risidagi axborot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qilinadi.
Aksiya — o'z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog'oz.
Bank oddiy aksiya egalari, aksiyadorlar:
- tegishli jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilish;
- depo hisobvarag'idan o'ziga taalluqli ko'chirma olish;
- jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
- jamiyat tugatilgan taqdirda o'zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
- aksiyadorlarning umumiy yig'ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
- jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risida to'liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
- olgan dividendini erkin tasarruf etish;
- qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o'z huquqlarini himoya qilish;
- o'ziga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
- o'z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
- qimmatli qog'ozlarni olishda zarar ko'rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog'liq tavakkalchiliklarni sug'urta qilish;
- ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx bo'yicha va shartlar asosida, aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.
"ASIA ALLIANCE BANK” ATB AKSIYALARNI QAYTARIB SOTIB OLINISHI
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va "ASIA ALLIANCE BANK" ATB ustaviga ko'ra Bankning joylashtirilgan aksiyalarini qaytarib sotib olinishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
I. aksiyadorlar umumiy yig'ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risidagi qaroriga ko'ra;
II. ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra;
III. a) jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risida;
b) joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
c) "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog'liq yirik bitim tuzish to'g'risida;
d) jamiyatning ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to'g'risida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo'lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsa, o'zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishgan taqdirda.
Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tomonidan joylashtirilgan aksiyalarning olinishi amalga oshirilmagan
|
| |