BANK RIVOJLANISH STRATEGIYASI




Download 1,66 Mb.
bet3/5
Sana23.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#250838
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asia Alliance Bank

BANK RIVOJLANISH STRATEGIYASI
Bank rivojlanish strategiyasi, uning umumiy faoliyatiga, alohida bo„linmalari va xizmatchilar faoliyatini baholash imkonini beradigan, shuningdek tegishli davrda erishilgan natijalarni rejalashtirilgan ko„rsatkichlar bilan solishtirish imkonini beradigan son va sifat ko„rsatkichlarini o„z ichiga olishi kerak.
Bank rivojlanish strategiyasi hamda uzoq muddatli va o„rta muddatli istiqboldagi vazifalarni belgilash uchun Bank boshqaruv organi:
- raqobatli muhit tahliliga va Bankning barqaror rivojlanishini taʼminlash bo’yicha vazifalarga asoslangan holda, Bank rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi va aksiyadorlar umumiy yig’ilishida tasdiqlaydi;
- xorijiy amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan o„tkazilgan boshqaruv usullarini, shu jumladan SWOT tahlil va boshqa yondashuvlarni keng joriy qiladi;
- aksiyadorlar umumiy yig„ilishi tomonidan tasdiqlangan uzoq muddatli strategiya asosida qisqa muddatli (yillik) biznes-rejalarni ishlab chiqadi hamda aksiyadorlar umumiy yig„ilishiga va Kuzatuv kengashiga tasdiqlash (maʼqullash) uchun kiritadi.
Bank Kuzatuv kengashi strategik vazifalarni bajarishda ijro etuvchi organ faoliyatini muvofiqlashtiradi, zarur hollarda, Bank strategiyalari va biznes-rejalarini ishlab chiqish va monitoringini o’tkazishni tashkillashtirish uchun ekspertlarni jalb qiladi.
Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish
2.5. Aksiyadorlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, har bir aksiyaga ular sonidan qatʼiy nazar taqdim qilinadigan bir turdagi aksiyalar egalari huquqlari tengligini va Bank tomonidanaksiyadorlarga ularning daromadlari darajasi, jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi,shaxsiy va ijtimoiy holatidan qatʼiy nazar bir xil munosabatni taʼminlash korporativ boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2.6. Bank faoliyatiga o„z mablag„larini investitsiya qilgan aksiyadorlar manfaatlarini taʼminlash Bank uchun asosiy ustuvorlik hisoblanadi. Bunda, Bank o„z rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda va operativ faoliyatni amalga oshirishda korporativ va ijtimoiy masʼullik masalalarida boshqa manfaatdor taraflarning ham manfaatlari hisobga olinishi uchun barcha choralarni ko’radi.
2.7. Bank aksiyadorlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun Bank ustavida minoritar aksiyadorlar qo„mitasini tashkil qilish imkoniyati nazarda tutilgan. Ushbu qo’mita Bankda Siyosatni tasdiqlash sanasida Bank mulkdorlari tarkibida minoritar aksiyadorlar mavjud bo„lmaganligi tufayli tashkil etilmagan.
“ASIA ALLIANCE BANK”ATB korporativ boshqaruv tizimi

Download 1,66 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,66 Mb.