|
1. Texnologik jarayonlarning mohiyati. Ishlab chiqarish taktlari haqida
|
bet | 2/3 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,74 Kb. | | #103334 |
Bog'liq AbbosIshlab chiqarish takti, bu bitta detal tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt
(texnologik jarayon bo‘yicha) bo‘lib, ikki, ya‘ni birinchi va ikkinchi detallarni
tayyorlash oralig‘i bilan o‘lchanadi.
Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda muhim bosqichlardan biri ishlab
chiqarish turini aniqlash hisoblanadi. Shu sababli texnologik jarayonni loyihalashni
boshlangich bosqichida bajariladi. Ishlab chiqarish turi mahsulotni ishlab chiqarish
uchun texnologik jarayonini tuzishda va korxona ishini tashkil etishga juda katta ta‘sir
etadi.
Tarkib qismining maqsadi qay darajada yaxlit tizimning maqsadiga mos tushishiga qarab ishlab chiqarish tizimining samaradorligi belgilanadi.
Sex ishini tashkil qilish va tarkibini aniqlashda ananaviy yondashilgan bo'lsa, asosiy e'tibor ishning barcha hajmini detallarni tayyorlash yoki qismlarni yig'ish operatsiyalariga bo'lishga undaydi. Ko'rsatilgan operatsiyalar, ayniqsa, seriyali ishlab chiqarishda, mos keluvchi bo'limlarda konsentratsiyalashgan bo'ladi. Ular texnologik, Ya’ni funksional belgilariga ko'ra tuziladi. Bunda struktura haqida tavsiya tahlil asosida ko’riladi va operatsiyalarning o'zaro ta'siri masalasi yaxlit tizim deb qaralmaydi. Ishlab chiqarish jarayoni tarkib sxemasi va o'zaro bog'liqliklar.
Sxemada shartli ravishda uchta bo'lim ko'rsatilgan, ulardan har biri bir xil texnologik ishga mo'ljallab shakllantirilgan. Ko'rsatilgan dastgohlar bitta guruhga yoki turli o'lchamli guruhlarga tegishli bo'lishi mumkin. Bunday tarkibda to'g'ri va teskari tashqi aloqalar kelib chiqadi. Ularning ko'pchiligi detallarni tayyorlash uchun texnologik maxsuslashgan bolimlar o'rtasida bo'ladi.
Tizimli yondoshishda ham alohida bo'limlarning, ham yaxlit sexning o'zaro bog'liqligi, ularning yaxlitligi va ishlash samaradorliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Tarkibni tanlash dlohida qismlarni sintez va tahlili natijalariga ko'ra amalga oshiriladi va yangi sifat ko’rsatgichlarga ega bo'ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga tizimli yondoshish detalli yoki predmetli maxsuslashgan bo'limlar va sexlardan maqsadli foydalanishga asoslanadi.
Yig'ishning texnologik jarayonlarini belgilovchi asosiy omillar qatoriga yig'ish operatsiyalarini bajarish uchun talab qiladigan vaqt kiradi, Yig'ish operatsiyalari uchun vaqt me'yorining tuzilishi dastgohda bajariladigan ishlarning vaqt me'yorining tuzilishiga o'xshash bo'ladi.
Yig'ish operatsiyasi uchun donabay vaqt me'yori:
asosiy (texnologik) vaqt;
yordamchi vaqt;
ish joyiga xizmat ko'rsatish uchun sarflanadigan vaqt;
jismoniy ehtiyoj va dam olish uchun tanaffus vaqtlaridan iborat.
Asosiy va yordamchi vaqtlar yig'indisi operativ vaqtni tashkil qiladi. Bundan tashqari, tayyorlash-tugallash vaqti ham ko’zda tutiladi, u qism yoki, mahsulot partiyasining barchasi uchun belgilanadi va partiyadagi detallar soniga bog' liq bo'lmaydi.
Donabay va tayyorlash-tugallash vaqtlarining yig'indisi bitta mahsulot uchun donabay - kalkulatsyali vaqtni tashkil qiladi. Ommaviy ishlab chiqarishda, agar bitta joyda bitta va o'sha operatsiya takrorlansa va ishchi hech qanday tayyorlov ishlarini bajarmasa, tayyorlash-tugallash vaqti ishchi vaqt me'yoriga kirmaydi.
Asosiy yordamchi va tayyorlash-tugallash vaqtlari ilg'or korxonalarning tajriba uchun o'tkazilgan xronometraj materiallarini tahlil qilish va o'rganish asosida ishlab chiqilgan me'yoriy ko'rsatkichlar bo'yicha aniqlanadi. Ish joyiga xizmat ko'rsatish va jismoniy ehtiyoji uchun tanaffuslar vaqti operativ vaqtga nisbatan foizlar nisbatida qabul qilinadi.
Yig'ish ishlarida ish joyiga xizmat ko'rsatish vaqti operativ vaqtga nisbatan, taxminan 2—3 %ni tashkil qiladi . Jismoniy ehtiyojlar uchun tanaffuslar vaqti operativ vaqtning 2 %ga teng bo'ladi.
Dastgohda bajariladigan ishldtning vaqt me'yoriga o'xshab yig'ish ishlari uchun vaqt me'yori quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
Minutiga qism yoki mahsulotni yig'ishda bitta operatsiyani bajarish uchun donabay vaqt minutiga qism yoki mahsulotni yig'ishda bitta operatsiyani bajarishda operativ vaqt Ish joyiga xizmat ko'rsatish va jismoniy ehtiyojlar uchun sarflangan vaqtni operativ vaqtga bog'liqligini hisobga olib, formuluni quyidagicha yozish mumkin .
|
| |