1. Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo'naltirish. Kasbga oid ma'lumotlar




Download 21.34 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi21.34 Kb.
#97248
Bog'liq
МАРУЗА-12.3 СЕМ
Unintended-Consequences, antivetaminlar, ishonchnoma asil, 8-labaratoriya kompyuter tarmoqlari, 1- маъруза taqdimoti, 183-187, file, O\'rnatilgan tizimlar Lab 3, Tartibi, Kovlash yuklash mashinalari va ularni konstruktiv takomillashtirish, yangi tur, Plakat fizika fani uchun, Problems of compiling written speech exercises, XIX ASRNING 2-YARMI VA XX ASR BOSHLARIDA TARBIYA, MAKTAB VA PЕDAGOGIK FIKRLAR, BT AMALIY SEMINAR SLAYD

12-Mavzu:Texnologiya darslarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'nltirish texnologiyalari.


1.Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo'naltirish.
2.Kasbga oid ma'lumotlar.
3.Kasbga yo'naltirishda turli boshqotirmalardan foydalanish.
4.Kasbga yo'naltirishga doir o'yin texnologiyalaridan foydalanish.
Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: "Hayotda Siz uchun eng sevimli bo'lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz". Agar kishi o'z sevgan kasbida ishlayotgan bo'lsa u hech qachon har ertalab o'zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O'z sevgan kasbi bilan shug'ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag'bat hamda ma'naviy ozuqa beradi. O'zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o'tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.
Bugun dunyo bo'ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma'yus termulib o'tirishadi. Bu toifadagi kishilar, o'z haddi-harakatlaridan ma'lumki, o'zlari yoqtirgan mashg'ulotni o'z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya'ni, ular o'zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug'ullanuvchi kishilardir.
Ba'zilar "Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo'ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo'lgani, uning qilayotgan ishi o'ziga yoqishi ikkinchi darajali", deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o'z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi shug'ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o'z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo'lmasa, u hech qachon o'z kasbidan barakat topa olmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o'z kasbini yomon ko'rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o'tkazishayotganligini ko'rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o'z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta'mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko'rish mumkin bo'lgan ilg'or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo o'z kasbini yomon ko'radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan kishidan ancha ko'proq foyda ko'rishi mumkin.
Ishoning, kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini mazmunli o'tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Mavzu: biz kasblar OLAMIDAMIZ
Maqsadi:uquvchilarga xozirgi davrda qaysi kasblar zarurligi, kasbning belgilari, xozirgi zamonda qanday kasblarga extiej borligi xakida,ma'lumotlar berish orqali uquvchilarni kasb tanlashga yunaltirish.
Ko'rgazmali qurollar: kasb-xunar tugrisida maqollar:"xunar egallamaguncha kishi-ochilmaydur unga Iqbol eshigi" (M.Bedil) "xunari yuq kishining - mazasi yuq ishining" (maqol) multiproektor,suratlar,gullar,sharlar.
Tadbirning borishi:
I. Kirish
Psixologning kirish so'zi:Assalomu alaykum xurmatli ukuvchilar va ustozlar bugungi "biz kasblar olamidamiz" mavzusida utkazilaetgan kechamizga xush kelibsizlar.Bu kechani utkazishdan maqsad ukuvchilarga kasb tanlash, kasb turlari, kasbning belgilari, tuplami xakida ma'lumotlar berish orqali uquvlarni kasb tanglashga yunaltirish.
Kamol et kasbim,olam uyidan
Singa farz ulmag'ay g'amnok chiqmoq.
Jaxondin nataman utmak biaynix
Erur xammomdin nopok chiqmoq.
Demakki,ushbu qit'aning mazmuni: A.Navoiy bobomiz aytgandek ilmu-xunarga ega bulmasak,xammomga kirib nopok chiqib ketish bilan barobar bular ekan.
Endi,Xamidov Xamid ijrosidagi "Assalomu alaykum" qushig'i
Psixolog: hammamiz eng avvalo "balkim?"treninggini (Slayd № 3) o'ynaymiz.
Balkim???
• O'qituvchi
• Kitobxonachi
• Zargarlar
• Futbolchilar
• Artistlar
• Rassomlar
• Quruvchilar
• Duradgorlar va hakoza. (Slayd №4,5,6 kasb haqida o'quvchilarga multiproektordan belgili bir kasb egalari ko'rsatiladi).
Psixolog: sizlar qanday o'ylaysizlar, bularni nima biriktiradi? Umumlashtirib aytaylikchi.
O'quvchilar: kasb egalari (mutaxassis).
Psixolog: to'g'ri aytasizlar. Kasb deganimiz nima ekan??? Qani kim uz fikrini bildiradi marxamat(o'quvchilar fikri)
Shakirova M: kasb – bu insonning kelajagi. Kasb tanlash orqali inson o'z kelajagini echadi va aniqlaydi.
Sultanova N: kelajakdagi hayot kasb orqali hal etiladi. To'g'ri kasb tanlash insonni baxtga etaklaydi.
Satanova D: kasb bu insonning orzusi, baxti. Inson kasb tanlashda hech qachon adashmaslik kerak.
Iskakov B: ota-onam oltin qanotim. Ular mening kelajagimni ko'ra oladi va menga kasb tanlashda to'g'ri yo'llanma berishadi.
Asanov D: "hunarli odamning hayoti baxtga, xursandchilikka to'la" deb bejiz aytilmagan. Hunarning odam hayotidagi foydasi benihoyat katta deb uylayman.
Angarbaeva L: hunarmand odamlarning umrlik tutinishlarini o'zini o'rab turgan atrof-muhitga bo'lgan munosabatlari o'zgacha bo'ladi deb uylayman.
Psixolog: demak,(Slayd №7 ) kasb deganimiz – oddiy umr surish ko'zi bo'lib hamda qanday da bir tayorgarlikni javobgarchilikni talab etadigan mehnat bo'lagidir.
Kasb tanlash – taqdirimizni tanlash demakdir. Keyingi hayotimizda afsuslanmaydiganimizdek o'z qobiliyatimizga ishongan holda kasb tanlashimiz kerak. Bu judayam ma'suliyatli va ahamiyatli ishdir.
Psixolog:sizlar qaysi kasb egasi bulishni xoxlaysizlar? Marxamat
Shakirova Maftuna: mening ham tanlagan kasbim bor. Bu – buxgalter ekonomist. Men ham kasb tanlashdan oldin juda ko'p o'ylandim. Aslida atrofdagilar, ota–onam menga tarjimon bo'lishimni maslahat berishdi. Tillarni yaxshi bilsam ham, matematik yo'nalishni tanladim. Chunki matematikani hamma fanlardan ustun qo'yaman.
Muxtarova Sevara:men kelajakda shifokor bulishni xoxlayman. Xar bir kishining sog'ligi tug'risida g'amxurlik qilib va xar-xil kasalliklarning oldini olishga uz xissamni qushgim keladi.
Iskakov Bobomurod: men kelajakda terapevt bo'lgim keladi. Hali siri ochilmagan kasalliklarga davo topishni oldimga maqsad qilib qo'ygan holda bemorlani davolayman. Oq xalatga bo'lgan extiyojni qondirish mening istagim.
Satanova Diyara: shifokorga bemor o'z umrini ishonib topshiradi. Ba'zan mana shu shifokorlarning noto'g'ri qo'ygan tashxis(diagnoz)lari oqibatida bemor olamdan ko'z yumishi ham mumkin. Shifokorlarning ishi og'ir va ma'suliyatli ishdir, shunday bo'lishiga qaramasdan men ham shifokor bo'lmoqchiman.
Aynitdinova Nilufar: men akusher–ginekolog bo'lishni xoxlayman. Menga bu kasbning yoqishi hayotga yangi avlodni olib kelayotgan onalarga o'z xizmatimni ko'rsatib, onalarning va bolalarning sog'lom turmush kechirishlarini ta'minlashga hissamni qo'shgim keladi.
izamova Rayxon: men kelajakda arxitektor bo'lishni xoxlayman. Mening bu kasbni tanlash sababim, elimizning rivojlanishida yangi uslubdagi binolarning ko'payishi, qishlog'imizning chiroyiga - chiroy qo'shadi deb o'ylayman.
Atajanova Moxidil: men xalq tabobatidan foydalangan holda bemorlarni davolashni xohlayman. "Kasal bo'lib shifo qidirguncha, kasal bo'lmaslik yo'lini qidir" deb xalqimiz bekor aytmaganligini oddiy xalqqa tushuntirib boraman. Chunki kasalni davolagandan uning oldini olgan moddiy va ma'naviy jihatdan yaxshiroq.
Najimova Indira: men boshlang'ich sinf uqituvchisi bo'lishni xohlayman. Menga ayniqsa jajji bolaqaylar bilan ish yuritish,ularni parvarishlash, va ularga xizmat kursatish juda xam eqadi.
ІІ. Asosiy qism.
O'quvchilarning bugungi orzu niyatlari va kelajak maqsadlari haqida. Psixolog:endi bolalar (Slayd № 8) "harfli kasblar" o'yinini o'ynaymiz. Har bir guruhga bir harfdan beriladi. Qaysi guruh ana shu harfdan boshlanadigan kasblar nomini ko'proq topa olar ekan. Shu bilan birga o'zingiz tanlagan kasblarning sir-asrorlarini aytasiz.
1 guruh. (9-A) "A" 3 guruh (9-V) "M"
2 guruh (9-B) "D" 4 guruh (9-g)"T" harfi.
A – arxitektor, artist,
D – dizayner,
M –menedjer, Metallurg, mashinist,
T – tarbiyachi, traktorist, tikuvchi, taksist, tarjimon.
Psixolog:juda yaxshi. O'zingiz qaysi kasbni tanladingiz? Nima uchun aynan shu kasbni yoqtirdingiz? Sizga kim maslaxat berdi?
Maxkambaeva Arofat: Oyijonim singari men ham tibbiyot xodimi, hamshira bo'lmoqchiman.
Sametova Nilufar: yangi texnologik apparatlarni o'qish uchun mutaxassis etishmaydi. Ana shunday yangi innovasion texnologiyani o'rganib, amalda qo'llash mening oldimga qo'ygan maqsadimdir.
Abdumalikov Elzod: men tish shifokori (stomotolog )bo'lishni xoxlayman. Odamlarning tish kasalligini davolash orqali o'zimni elga tanitaman.
Djuraxanov Kamalitdin: men xam medisina soxasining xirurg mutaxassisi bulishni xoxlayman. Chunki men medisina soxasiga bolaligimdan qiziqaman va otoqli xirurglardan biri bulishiga intilaman.
Angarbaeva Lolaxon: men shifokor (kardioxirurg) bo'lgim keladi. Shu sababli biologiya faniga qiziqaman. Menga yurakning tuzilishi, yurakning qanday funktsiya bajarishini o'rganish yoqadi. Mening qarindoshlarim orasida shifokor odamlar ko'p, men shularga qiziqaman, shifokorlik kasb – eng muqaddas kasblardan biri deb o'ylayman.
Abdujalilov Farrux: kasb tanlash men uchun oson emas. Ota–onam o'qituvchi yoki shifokor bo'l deydi. Neft va gaz sohasidagi kasbni ham oson deyishga bo'lmaydi. Har bir kasbning o'z qiyinchiliklari bor, lekin odamning belgili bir kasbni egallashi uchun qiziqishi bilimi bulishi kerak. Ota–onam – bilan kup aqllashdim, keyin afsuslanma deydi. Shuning uchun men ekolog bo'lishni xoxladim. Ota–onam bu fikrimni ma'qulladi.
Asanov Davlat: menga kasblarning ichida eng yoqqani bu arxitektura. Men bu kasbga qiziqishimning sababi, Evropa yoki chet ellardagi turli tuman chiroyli binolarning bizning yurtimizda ham qad ko'targanini xoxlayman. Shuning uchun ularning loyihalaridan (proekt ) namunalar olib, o'zimning shaxsiy loyihamni yaratgim keladi va Vatanimizning rivojiga xissamni qo'shaman.
Sultanova Nasiba: ota–onamning ko'rsatgan yo'llanmasi orqali men ham shifokorlik kasbini tanladim. Oldimga qo'ygan maqsadim, ilmiy tekshirish ishlariga suyanib, chet ellardagi shifokorlarning tajribalarini qo'llab, medisina fanlari doktori bo'lishga intilaman.
O'quvchilarning fikrlarini tinglab, har biriga tanlagan kasblariga erishishlariga tilak bildiriladi. Har bir o'quvchiga kasbiy bilim berish orqali bo'lajak kasbni har turli o'quv o'rinlaridan olishlari mumkinligi haqida aytiladi.
Download 21.34 Kb.




Download 21.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo'naltirish. Kasbga oid ma'lumotlar

Download 21.34 Kb.