Ii-mavzu. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Reja




Download 207.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.04.2023
Hajmi207.91 Kb.
#51899
  1   2   3
Bog'liq
1- маъруза taqdimoti
Unintended-Consequences, antivetaminlar, ishonchnoma asil, 8-labaratoriya kompyuter tarmoqlari, 183-187, file, O\'rnatilgan tizimlar Lab 3, Tartibi, Kovlash yuklash mashinalari va ularni konstruktiv takomillashtirish, yangi tur, Plakat fizika fani uchun, Problems of compiling written speech exercises, XIX ASRNING 2-YARMI VA XX ASR BOSHLARIDA TARBIYA, MAKTAB VA PЕDAGOGIK FIKRLAR, МАРУЗА-12.3 СЕМ, BT AMALIY SEMINAR SLAYD


II-mavzu. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. 
REJA: 
1.Ekonometrikani asosiy maqsadi 
2.Ekonomelrik usullar tasnifi  
3.Ekonometrik modellashtirish bosqichlari 
 
Asosiy tayanch iboralar: Ekonometrika
Model,Modellashtirish, Iqtisodiy model, 
Iqtisodiy-matematik model,
Matematik statistika usullari

Makroekonometrik usullar

Modellashtirish bosqichlari.
 
1.Ekonometrikani asosiy maqsadi 
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi 
iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” 
iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan 
kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik 
faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” 
deb ta’kidlagan. 
Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” 
iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi. 
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. 
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” 
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida 
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning 
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va 
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy 
hodisalarni 
o’lchash 
va 
tahlil 
qilish 
haqidagi 
fandir. 
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni 
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, 
statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga 
kelgan. 


Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash 
texnikasi tadbiq etilgan.
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. 
Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha 
iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy 
nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham 
emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va 
matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy 
tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir.
Bu-uchta fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. 
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro 
bog’lanishini 
miqdor 
jihatdan 
ifodalovchi 
fandir. 
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli 
regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va 
boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga 
kelgan va rivojlangan. R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy 
fanlarda muhim element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy 
bilimlar 
fan 
darajasigacha 
ko’tarilishi 
mumkin”. 
Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy 
o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan xolda 
o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya 
tenglamasiga na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga 
maksimal yoki minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi qiymatlarni 
akslantiruvchi iqtisodiy o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash 
maqsadida, ikkinchi darajali o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Masalan: 
Ekinlarni o’g’itlantirishning hosildorlikka ta’sirini ko’radigan bo’lsak, ekinlarni 
ma’lum bir darajada o’g’itlantirish uning xosildorligini oshiradi; lekin 
o’g’itlantirish me’yor darajasidan ortishi hosildorlikni ortishiga olib kemaydi balki, 
hosildorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday ko’plab ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgaruvchilarning ta’siri haqida gapirish mumkin(masalan, ishchilar 


sonini ortishini mehnat unumdorligiga, daromadlarni ayrim oziq-ovqat 
mahsulotlarini iste’moliga ta’siri va h.k.).
Ikkinchidan-regressiya tenglamasida mustqil komponentalar sifatida 
qaraluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning o’zaro ta’siri aks etadi. 

Download 207.91 Kb.
  1   2   3




Download 207.91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii-mavzu. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Reja

Download 207.91 Kb.
Pdf ko'rish