Ekonometrika-2” ga kirish




Download 22,32 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi22,32 Kb.
#99754
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza


EKONOMETRIKA-2” GA KIRISH
1.1. “Ekonometrika-2” fanining predmeti va uning oʻziga xos xususiyatlari
“Ekonometrika-2” fani milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini kompleks tahlil qilish, barqaror iqtisodiy oʻsishning koʻp variantli modellarini yaratish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va taqchil resurslardan optimal foydalanish yoʻnalishlarini aniqlab beradi.
“Ekonometrika-2” fani:
- iqtisodiyot boʻyicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga, iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;
- milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi taʼsirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga taʼsirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi;
- qoʻyilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar taʼsirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga koʻmaklashadi;
- tadqiq qilinayotgan obyekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va bashorat qila oladigan modellarini yaratadi;
- tadqiq qilinayotgan obyektni samarali boshqarish uchun oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
“Ekonometrika-2” fanining predmeti - bu korxonalarning xoʻjalik jarayonlari, obyektiv va subyektiv omillar taʼsiri ostida shakllanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, samaradorlik va pirovard moliyaviy natijalarni iqtisodiy-matematik modellari va maʼlumotlar tizimi orqali ifodalangan asosiy koʻrsatkichlar, ularning barqarorligi va tebranish xususiyatlarini oʻrganishdir. Xoʻjalik jarayonlariga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillarni oʻrganish hamda ularni miqdoriy baholash ham fanning predmeti hisoblanadi. Bularga misol qilib narx omilini keltirish mumkin. Narx omiliga doimo oʻzgarib turuvchi narxlar, tariflar, stavkalar kiradi. Bozor sharoitida narxning shakllanishi umuman stixiyali jarayondir. Ularni shakllanishi qiymat qonuni va bozor qonuniyatlari talablari ostida shakllanadi. Narxni oʻzgarishi bozor ishtirokchilari faoliyatlariga turlicha taʼsir oʻtkazadi. Ularning taʼsirini oʻrganish va iqtisodiy tahlil qilish murakkab iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarishni talab qiladi.
“Ekonometrika-2” fani iqtisodiy tahlil predmeti boʻlib, subyektiv ichki omillar taʼsiri ostida shakllangan xoʻjalik faoliyati va uning pirovard natijalari ham hisoblanadi. Ichki omillar inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgani uchun iqtisodiy tahlilda unga katta ahamiyat beriladi. Xoʻjalik faoliyatini mohirona boshqarish obyektiv sharoit va obyektiv omillardan toʻgʻri foydalanib, biznes-rejani toʻla bajarish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun “Ekonometrika-2” matematik usullari yordamida xoʻjalik mexanizmini boshqarish asboblaridan (instrumentlari) toʻgʻri foydalaniladi. Subyektiv omillar (ichki), uddaburon rahbar, ishlab chiqarishni toʻgʻri-malakali boshqarish, iqtisod, moliya faoliyatini toʻgʻri tashkil qilish, oʻz sohasini chuqur egallash iqtisodiy va tashkiliy tayyorgarlik asoslaridir.
Obyektiv va subyektiv omillar taʼsiri ostida shakllanayotgan xoʻjalik jarayonlari va ularning natijalari mos ravishda korxonaning iqtisodiy koʻrsatkichlar tizimida oʻz ifodasini topadi va tahlil predmeti hisoblanadi. Maʼlumotlar tizimi tezda oʻzgaruvchan - dinamik xarakterga ega; ular kirish maʼlumotlari toʻplami, oraliq qayta ishlash natijalari, chiqish maʼlumotlari va pirovard natijalarni oʻz ichiga oladi hamda boshqarish tizimiga kiradi. Bu maʼlumotlarni samarali tashkil etish va boshqariladigan maʼlumotlar oqimini shakllantirish iqtisodiy tahlil va boshqarishning optimal qarorlarini qabul qilishda xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qoʻllashdan asosiy maqsad ommaviy hodisalar va jarayonlar haqida ularni kuzatish yoki eksperimentlar natijasida olingan maʼlumotlar asosida xulosalar hosil qilish va ular asosida ekonometrik modellar tuzishdan iborat. Bu statistik xulosalar alohida tajribalarga tegishli boʻlmasdan, balki tadqiq qilinayotgan hodisani keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarning doimiy ekanligi farazidagi shu hodisaning umumiy tavsiflari (ehtimolliklari, taqsimot qonunlari va ularning parametrlari, matematik kutilishlari va h.k.) haqidagi daʼvolardan iborat.
Ommaviy tasodifiy hodisalar boʻysunadigan qonuniyatlarni aniqlash statistik maʼlumotlarni - kuzatish natijalarini ehtimollar nazariyasi uslublari bilan oʻrganishga asoslanadi.



Download 22,32 Kb.
  1   2   3   4




Download 22,32 Kb.