Ekonometrika-2” ga kirish




Download 22.32 Kb.
bet3/4
Sana16.11.2023
Hajmi22.32 Kb.
#99754
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza
Информация и оценка достоверности информации, Способы выбора контролируемых параметров, sravnitelnyy-analiz-metodov-postroeniya-prognoziruyuschih-modeley-tehnologicheskih-obektov, 1-mavzu to‘plamlar va ular ustida amallar reja, Что такое машинное обучение, Ozbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lugati T Togayev, MI, 1-tez, Cert. 11-2022-24-1, Документ Microsoft Word (2), 11-maruza-hisoblash-tizimlarini-imitatsion, On a numerical method for solving the hydrodynamic, Chiziqsiz regressiya, 4-Ma’ruza. Chegaraviy masalalarni yechish usullari, 76073394
1.3. Ekonometrika usullari
Xoʻjalikni rivojlanish tajribasi koʻrsatadiki, iqtisodiyot fanining oldiga umuman va “Ekonometrika-2” fani oldiga xususan turli bosqichlarda yangi vazifalar qoʻyilgan, ular avvalgi qoʻyilgan vazifalarga eʼtiborni oshirish bilan boshqa, zarur muammolar aksent bilan belgilanar edi. Bu jarayon tabiiyki, keyinchalik ham davom etib kelaveradi.
“Ekonometrika-2” fani matematika bilan bogʻlanganligi shu bilan aniqlanadiki, u yoki bu bilim sohasi miqdoriy munosabatlarni oʻrganish xususiyatlariga egadir.
Oʻzgaruvchi qiymatlarni oʻrganish bir oʻzgaruvchi qiymatni boshqalardan bogʻlanganligini oʻlchash funksiya qiymatini aniqlashga olib keladi. Oʻzgaruvchi qiymatlar oʻrtasidagi bogʻlanish matematikada funksional tenglamalar koʻrinishida ifodalanadi. Masalan, ikki oʻzgaruvchining funksional bogʻlanishi tenglamasi umumiy koʻrinishda quyidagicha boʻladi: y = f (x), bunda y - argument x ning funksiyasi hisoblanadi. Funksional tenglamalarga, mohiyati bilan, differensial va integral tenglamalar kiradi.
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda har qadamda oʻzgaruvchi qiymatlar bilan ish koʻrishga toʻgʻri keladi. Iqtisodiy oʻzgaruvchilar sifat va miqdoriy xususiyatlarga ega boʻlib, bir-biridan funksional bogʻlanish koʻrinishida boʻlishi mumkin. Iqtisodiy koʻrsatkichlarning miqdoriy munosabatlari va funksional bogʻlanishlarini oʻrganish ekonometrikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ammo, iqtisodiy hodisalar va koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻlanishlar hamma vaqt ham funksional koʻrinishda ifodalanishdan yiroq boʻlishi mumkin. Bunday holda koʻpincha korrelyatsiya bogʻlanishlari bilan ishlashga toʻgʻri keladi, Bunday bogʻlanish shunisi bilan xarakterlanadiki, ushbu koʻrsatkichga oʻrganilayotgan asosiy omillardan tashqari boshqa, qoʻshimcha omillar ham taʼsir koʻrsatadi, ularni ajratish va koʻrsatayotgan taʼsiri harakatini uslubiy ajratish (izolyatsiya) imkoniyati doimo ham boʻlavermaydi. Bunday bogʻlanishlar korrelyatsiya va regressiya tahlili yordamida oʻrganiladi.
Korrelyatsiya tahlilining zaruriy asosi boʻlib, ommaviylik hisoblanadi: yagona yoki bir nechta maʼlumotlar asosida u yoki bu qonuniyatlarni, asosiy omillarning taʼsiri aniqlashning iloji yoʻqdir. Faqat yetarli darajada katta hajmdagi maʼlumotlarga tayangan holda oʻrganilayotgan koʻrsatkichdagi asosiy omillar taʼsiri ostida oʻzgarishlarni kuzatish mumkin, bunda boshqa omillar oʻzgarmaydi deb taxmin qilinadi. Haqiqatda esa ular oʻz navbatida oʻzgaradilar, bu esa u yoki bu darajada olingan natijalarda oʻz ifodasini koʻrsatadi. Buning oqibatida oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarni toʻla ifodalab boʻlmasligi mumkin.
Korrelyatsiya tahlili katta matematik apparatga asoslanadi. Masalan, toʻgʻri chiziqli korrelyatsiya normal tenglamalar sistemasi yechimiga asoslanadi, egri chiziqli korrelyatsiya - ikkinchi tartibli, uchinchi tartibli va n - tartibli parabolaga, giperbola tenglamalariga va boshqa turdagi egri chiziqli tenglamalarga asoslanadi.
Korrelyatsiya tahlili faqat shunday hollarda haqiqiy natijalarga olib kelishi mumkin, qachonki uni tuzish nazariy toʻgʻri xulosalardan kelib chiqqan boʻlsa. Shunday ekan, bu yerda iqtisodiy nazariyaning ustunligi saqlanib turadi. Faqat iqtisodiy hodisaning dastlabki sifatli tahlili izlanish oʻtkazilayotgan koʻrsatkichlarni aniq belgilash, asosiy va qoʻshimcha omillarni tanlash, obyektiv mavjud munosabatlarning miqdoriy qiymatlarini aniqlash va anglab olish imkonini beradi.
Iqtisodiyotda ekonometrik molellashni qoʻllash iqtisodiy-matematik modellashtirish koʻrinishida amalga oshiriladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish yordamida u yoki bu haqiqiy iqtisodiy jarayon ifodalanadi. Bunday model faqat iqtisodiy jarayonni mohiyatini chuqur nazariy izlanishlar va tushunib yetish asosida tuzilishi mumkin. Faqat shundagina matematik model haqiqiy iqtisodiy jarayonga toʻgʻri kelishi, uni obyektiv ifodalashi mumkin.
Ekonometrik modelni tuzishga yondashish induktiv va deduktiv boʻlishi mumkin. Modellashtirishda induktiv usuldan foydalanganida u yoki bu iqtisodiy jarayonning modeli iqtisodiy jarayonning sodda oʻzgaruvchilarini qamrab olgan xususiy modellashtirish yordamida tuziladi, undan butun jarayonni umumiy modeliga oʻtiladi. Deduktiv usulda dastavval umumiy model tuziladi va faqat uning asosida xususiy modellar yaratiladi, aniq matematik hisob-kitoblar algoritmi belgilanadi. Ekonometrik modellarni yaratishda induksiya va deduksiya usullari birgalikda foydalanilsa, ular birmuncha toʻgʻri asoslangan boʻladi. Bunday sharoitlarda tuzilgan modelni haqiqiy iqtisodiy jarayonga koʻproq mos kelishi, oʻxshashligi taʼminlanadi; model koʻproq jihatdan obyektiv mavjud iqtisodiy munosabatlar va qonuniyatlarni ifodalaydi.
Qoʻllanilayotgan matematik usullar rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotining talablariga mos ravishda shakllanayotgan iqtisodiyotning turli muammolarini toʻgʻri va aniq yechishga qaratilgan boʻlib boshqarish, rejalashtirish, tijorat, buxgalteriya hisobi va statistika hamda prognozlashda va boshqa koʻp yoʻnalishlarda foydalanilmoqda. Matematik dasturlash va matematikaning boshqa usullarini koʻpgina iqtisodiy va injenerlik xarakterga ega boʻlgan masalalarni yechishda foydalanish hisoblash texnikasi paydo boʻlishi bilan imkoniyat tugʻildi va samarali foydalanilmoqda. Murakkab iqtisodiy masalalarni zamonaviy hisoblash texnikasiz toʻgʻri yechishning imkoniyati yoʻq. Shuning uchun zamonaviy kompyuter texnikasidan keng foydalanish zamon talabidir. Kompyuter texnikasi bugungi kunda matematika va statistika fanining mavjud barcha usullaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron jadvallar va dasturlar bilan taʼminlangan. Izlanuvchi iqtisodchilar, katta muvaffaqiyatlarni koʻzlagan tadbirkorlar va menejerlar oʻz faoliyatlarida bu usullardan kengroq foydalanishlari uchun ularni chuqurroq oʻrganishlari kerak.



Download 22.32 Kb.
1   2   3   4




Download 22.32 Kb.