“Ekonometrika-2” fanining vazifalari




Download 22.32 Kb.
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi22.32 Kb.
#99754
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma\'ruza
Информация и оценка достоверности информации, Способы выбора контролируемых параметров, sravnitelnyy-analiz-metodov-postroeniya-prognoziruyuschih-modeley-tehnologicheskih-obektov, 1-mavzu to‘plamlar va ular ustida amallar reja, Что такое машинное обучение, Ozbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lugati T Togayev, MI, 1-tez, Cert. 11-2022-24-1, Документ Microsoft Word (2), 11-maruza-hisoblash-tizimlarini-imitatsion, On a numerical method for solving the hydrodynamic, Chiziqsiz regressiya, 4-Ma’ruza. Chegaraviy masalalarni yechish usullari, 76073394
1.2. “Ekonometrika-2” fanining vazifalari
“Ekonometrika-2” fanining birinchi vazifasi - kuzatishlar yoki maxsus oʻtkazilgan eksperimentlar natijasida olingan statistik maʼlumotlarni toʻplash va guruhlash usullarini oʻrgatish hisoblanadi.
“Ekonometrika-2” fanining ikkinchi vazifasi:
a) hodisaning nomaʼlum ehtimolligini baholash; nomaʼlum taqsimot funksiyasini baholash; koʻrinishi maʼlum boʻlgan taqsimotning parametrlarini baholash; tasodifiy miqdorning boshqa bitta yoki bir nechta tasodifiy miqdorlarga bogʻliqligini baholash va h.k.;
b) nomaʼlum taqsimotning koʻrinishi haqidagi yoki koʻrinishi maʼlum boʻlgan taqsimot parametrlarining miqdori haqidagi statistik gipotezalarni tekshirish kabi tadqiqot maqsadlariga bogʻliq ravishda statistik maʼlumotlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Har qanday fan keng maʼnoda tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi bilimlar toʻplamidan iboratdir. Bu toʻplam har qanday tarixiy bosqichda erishilgan va tushunib yetilgan tabiat va jamiyatning obyektiv qonunlariga mos keladi. “Ekonometrika-2” matematik usullari ham shu kungacha iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qoʻllash asosida shakllangan fandir. Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematika usullari rivojlangan boʻlsa, matematika kirib borgan soha oʻz masala va muammolariga aniq va toʻgʻri javob olgan va rivojlangan.
“Ekonometrika-2” fani maxsus bilimlar tizimidan iborat boʻlib, u quyidagilar bilan shugʻullanadi:
- obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv omillar taʼsiri ostida shakllanayotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning oʻzaro bogʻlanishini miqdoriy tomonlarini oʻrganish;
- biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularni bajarilishini obyektiv baholash;
- iqtisodiyotga ijobiy va salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va ularning taʼsirini miqdoriy baholash;
- xoʻjalikni rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlash;
- ilmiy asoslangan bashoratlarni ishlab chiqish;
- milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy koʻrsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash;
- ilgʻor tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish.
Iqtisodiy jarayonlarini oʻrganish alohida xoʻjalik elementlari, faktlar, hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xoʻjalik jarayonini, xoʻjalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida ifodalanadi. Ammo shu bilan birga iqtisodiy jarayonni toʻliq, butunligicha oʻrganish kerak boʻladi, negaki bir vaqtning oʻzida umumiy yoʻnalish va uni taʼminlash uchun zarur boʻlgan sharoitlar va faoliyatlar tekshiriladi.
Iqtisodiy tahlilni olib borishda xoʻjalik jarayonlari birgalikda, oʻzaro bogʻlangan holda va oʻzaro munosabatlari kelishilgan holda oʻrganiladi. Iqtisodiyotdagi oʻzaro bogʻlanishlar, bir-biridan kelib chiqishlar va birgalikdagi munosabatlar hamda ularni miqdoriy baholash tahlilning eng ahamiyatli masalalari hisoblanadi. Bogʻlanishlar sabablari barcha xoʻjalik asoslari, hodisa va sharoitlarni qamrab oladi. Bu bogʻlanishlarsiz xoʻjalik faoliyati davom eta olmaydi, rivojlanmaydi, toʻxtab qoladi.
Sababli yoki omilli tahlilni iqtisodiy jarayonlarda qoʻllash natijasidan shu narsa kelib chiqadiki, xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq har bir sabab, har bir omil oʻziga yarasha baho oladi. Shu maqsadda dastavval sabab-oqibat omillari oʻrganiladi, buning uchun ular guruhlar boʻyicha tavsiflanadi: mohiyatli va mohiyatsiz, asosiy va qoʻshimcha, aniqlovchi va aniqlamaydigan omillarga ajratiladi. Bundan keyin eng avvalo xoʻjalik jarayonlariga mohiyatli, asosiy va aniqlovchi omillarning taʼsiri oʻrganiladi. Mohiyatsiz, qoʻshimcha va aniqlanmaydigan omillarni oʻrganish, agar zarur boʻlsa ikkinchi navbatda olib boriladi. Iqtisodiy jarayonlarga taʼsir etuvchi barcha omillarning taʼsirini oʻrganish juda ham qiyin masala va amalda hamma vaqt ham zarur boʻlmaydi.
Iqtisodiy jarayonlarni bajarilishini aniqlovchi, taʼsir oʻtkazuvchi asosiy sabablarni ochish va tushunib yetish, ularning taʼsiri va oʻzaro taʼsirini aniqlash - bu tahlil qilinayotgan obyektning xoʻjalik faoliyati xususiyatlariga tushunib yetishdir. Tahlil jarayonida xoʻjalik faoliyatiga taʼsir etuvchi asosiy omillar aniqlanib va xarakterlanib qolmasdan, balki ularning taʼsir darajasi ham miqdoriy oʻlchanadi.
“Ekonometrika-2” fanining ahamiyati, mazmuni va predmetlari uning oldiga qoʻyilgan vazifalarni belgilaydi va bu vazifalarga quyidagilar kiradi:
- korxonaning biznes-rejasi va meʼyorlarini ilmiy-iqtisodiy asoslash;
- biznes-rejani va meʼyorlarni bajarilishini obyektiv va har tomonlama oʻrganish;
- moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish yoʻllarini aniqlash;
- tijorat rejasini bajarilishini nazorat qilish;
- ichki zaxiralarni aniqlash va miqdoriy oʻlchash (ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida);
- ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini prognozlash;
- boshqarish yechimini optimalligini sinab koʻrish va tekshirish (iyerarxiya pogʻonasining barcha boʻgʻinlarida).
Birinchi vazifa – biznes-reja va meʼyorlarni ilmiy-iqtisodiy asoslash birinchi navbatda xoʻjalik faoliyatini har tomonlama retrospektiv tahlilini amalga oshirish bilan erishiladi. Maʼlum bir davr uchun vaqtli qatorlarni tuzish, xoʻjalikning rivojlanishidagi maʼlum iqtisodiy qonuniyatlarni belgilash imkoniyatini beradi. Shundan soʻng xoʻjalik faoliyatiga oʻtgan davrda taʼsir oʻtkazgan va kelgusida ahamiyatli taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan asosiy omillar aniqlanadi. Joriy davrda xoʻjalik faoliyati tahliliga alohida eʼtibor qilinadi, chunki, u rejalashtirish oldi davri boʻlib hisoblanadi. Retrospektiv tahlil xulosalari joriy kuzatishlar bilan birgalikda umumlashtirilgan holda rejalashtirish hisob-kitoblarida foydalaniladi. Rejalashtirish ishlari joriy hisobot davridan oldin bajarilgani uchun reja oldi tahliliga zaruriyat tugʻiladi: kutilayotgan rejalarni bajarilishi, qoidaga koʻra toʻrtinchi kvartalda bajariladi.
Retrospektiv va joriy tahlil kelgusiga (perspektiv) tahlil qilish bilan tugallanadi va uning koʻrsatkichlari rejalashtirilgan – tahlil qilingan koʻrsatkichlariga toʻgʻri chiqadi.
Barcha hollarda pirovard ishlab chiqarish-moliyaviy natijalari qiyosiy tahlil usullaridan, ilgʻor korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, biznes-reja har tomonlama zarur iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanadi.
Ikkinchi vazifa – hisob-kitob va hisobot maʼlumotlari boʻyicha biznes-rejalarni bajarilishini va meʼyorlarga rioya qilishni obyektiv va har tomonlama oʻrganish.
Sanoat korxonalarida tahlil jarayonida ishlab chiqarish dasturining, asosiy mahsulotning miqdori va assortimenti, navi, komplektligi va sifati boʻyicha bajarilishi, ishlab-chiqarishning barqarorligi, sotish rejasi, yetkazib berish shartnomasining bajarilishi oʻrganiladi.
Uchinchi vazifa – mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishning iqtisodiy samarasini aniqlash. Korxonalarda mehnat vositalari va predmetlarini (bino va inshootlar, texnologiyalar, asbob-uskuna, xom-ashyo va materiallar); ishchi kuchi (ishchilar soni va ixtisoslik tarkibi, asosiy, yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va boshqarish personali, mehnat unumdorligi va boshqalar); moliyaviy resurslar (shaxsan oʻzining va qarzga olingan, asosiy va aylanma mablagʻlar) umuman barchasi boʻyicha izlanishlar olib boriladi.
Toʻrtinchi vazifa – tijorat hisobi va pirovard moliyaviy natijalar tahlilini nazorat qilishdir (uni toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarida). Korxonaning barcha ishlab chiqarish faoliyati va ularning moliyaviy natijalari eng avvalo tijorat hisobi tamoyillariga rioya qilishdan bogʻliqdir, u esa oʻz navbatida ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalab, ular shakllanayotgan bozor munosabatlari talablariga toʻliq javob beradi. Moddiy tomondan manfaatdorlik tamoyili tijorat hisobining ajralib turadigan xususiyati boʻlib, korxona va jamoa, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining zarur boʻlgan moslashuvni taʼminlaydi. Tijorat hisobi mehnatga yarasha taqsimotning iqtisodiy tamoyilini amalga oshiruvchi ahamiyatli vosita sifatida namoyon boʻladi. Tijorat hisobi bir mulkchilik shaklidagi korxonalar, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar va davlat korxonalari oʻrtasidagi turli munosabatlarni (oʻzaro manfaatli) shakllantirishni taʼminlaydi. Qonun doirasida korxonalarning mustaqilligi va davlat oldida soliqqa tortish boʻyicha masʼuliyati, resurslardan samarali foydalanish barcha tijorat hisobining ajralib turadigan xususiyatlaridir. Bularning barchasi hayotga bozor iqtisodiyoti talablarini joriy qilishning zaruriyatini koʻrsatadi.
Korxonalarning tijorat hisobi va moliyaviy natijalarini baholashda miqdoriy va sifat koʻrsatkichlaridan foydalaniladi, sanoat korxonasining foyda miqdori faqat ishlab chiqarilayotgan mahsuloti miqdori va assortimentiga bogʻliq boʻlmaydi, balki koʻp jihatdan uning tannarxiga ham bogʻliqdir.
Korxonaning tijorat hisobi va moliyaviy natijalarini toʻgʻri baholash oʻrganilayotgan koʻrsatkichlarga taʼsir oʻtkazuvchi omillarning bogʻlangan va bogʻlanmaganlarga ajratishni talab qiladi. Tashqi, bogʻlanmagan omillarni hisobga olmaslik, korxonaning jamoasi mehnatini toʻgʻri, aniq talqin etish imkonini beradi.
Korxonaning ichki boʻlimlari faoliyatini tahlil qilishda analitik yoʻnalishlar bir muncha qisqaradi. Xususan, turli resurslarni yetkazib berish shartnomalarini tuzish, bank va byudjet hisob-kitoblari bilan bogʻliq pozitsiyalar qisqaradi, moliyaviy natijalar tahlili imkoniyatlari chegaralanadi.
“Ekonometrika-2” fanining beshinchi vazifasi – ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida ichki imkoniyatlar zaxirasini axtarib topish va miqdoriy oʻlchashdir.
“Ekonometrika-2” amaliy fan boʻlib, undan haqiqiy - real foyda kelsagina oʻzini toʻla oqlashi mumkin. “Ekonometrika – 2” fanining haqiqiy foydasi ishlab chiqarishning barcha boʻgʻinlarida foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlashdan iborat. Iqtisodiyotning oʻsish surʼatini ortishi xoʻjalikdagi mavjud imkoniyatlardan barchasi harakatga keltirilganligidan iqtisodiyotning asosiy tamoyili – eng yuqori natijalarga eng kichik xarajatlar bilan erishishni yoʻlga qoʻyishga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir. Bu muammolarni toʻgʻri aniqlashda va miqdoriy baholashda iqtisodiy tahlilga matematik usullar asosiy qurol boʻlib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tahlil jarayonida zaxiralarni aniqlash korxona boʻlimlarini, bir turdagi korxonalarning rejani bajarishlarini hamda mamlakat va xorijdagi ilgʻor tajribalardan toʻla foydalanishni qiyoslash yoʻli bilan oʻrganilib topiladi. Ishlab chiqilgan rejani tanqidiy baholash ham uni ortigʻi bilan bajarish imkoniyatini koʻrsatib berishi mumkin.
“Ekonometrika-2” fanining oltinchi vazifasi – boshqarish yechimlarini optimalligini asoslash va sinashdan (tekshirishdan) iborat. Boshqarishning barcha pogʻonalarida xoʻjalik faoliyatining muvaffaqiyatlari boshqarish darajasidan, oʻz vaqtida qabul qilingan boshqarish qarorlaridan ham toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq. Toʻgʻri boshqarish yechimini qabul qilish, uni ratsional va samaraliligini aniqlash faqat dastlabki iqtisodiy tahlil qilish asosidagina bajarish mumkin.
Iqtisodiy tahlil vazifalari yuqorida keltirilgan vazifalar bilan chegaralanmaydi. Xoʻjalik vaziyatlarining koʻp qirraligi va koʻp variantligi, uni oldiga avtonom xarakterga ega boʻlgan koʻpgina vazifalarni qoʻyadi. Ularni yechish uchun umumiy va xususiy analitik usullardan foydalanish zarur.



Download 22.32 Kb.
1   2   3   4




Download 22.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ekonometrika-2” fanining vazifalari

Download 22.32 Kb.