Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar boʻyicha Manila deklaratsiyasi




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/64
Sana16.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#138693
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

95. Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar boʻyicha Manila deklaratsiyasi.
Butunjahon turizm tashkilotining davlatlar oʻrtasida obroʻsini koʻtargan va bu
konferensiyalarda ishlab chiqilgan tavsiyalar, koʻrsatmalar, yoʻllanmalarning
aniqligi, joriy etishga qulayligi va tushunarli ekanligi boʻyicha BTT ning «Jahon
turizmi boʻyicha Manila deklaratsiyasi»ni qabul qilgan «Turizm boʻyicha jahon
konferensiya»si boʻldi. Konferensiya 1980- yil 27-sentabrdan 20-oktabrgacha


Filippin davlatining poytaxti Manila shahrida boʻlib oʻtdi. Konferensiyaga 107
davlatning delegatsiyalari va 91 ta delegatsiya kuzatuvchi sifatida qatnashdi. 
Manila konferensiyasidagi eng muhim qaror va tavsiyalar xalqaro miqyo sida va
davlatlarda turistlarning hayoti xavf-xatarsizligini, sogʻligini taʼminlash va
ularning buyumlarini saqlash, davlatlarda turistlarning erkin harakatlariga barcha
shart-sharoitlarni yaratish natijasida xalqlar, elatlar va millatlarning doʻstona
aloqalariga asoslar yaratiladi,millatlar oʻrtasidagi urf-odatlarni oʻrganish, qiziqish
natijasida biri-biriga yaqinlik qiluvchi davlatlararo madaniyat markazlari kelib
chiqadi: 
 Insonda aqliy, maʼnaviy kamolotga yetishishi, intilish hislari kuchayadi; 
 Insonning shaxs sifatiga xar tomonlama garmonik kamol topishi ga ishonch
hosil boʻladi; 
 Ongida voqeʼlikni bilish, tarbiyalanganlik darajalari ortib boradi; 
 Oʻz taqdirini belgilashida jahon xalqlaridagi din, urf–odat, madaniyat,
maʼnaviyat, qadriyat xususiyatlarini koʻrib, bilib foyda lanadi; 
 Xalqlarning urf–odatlari, anʼanalari, madaniyati, maʼnaviy qadriyatlarini tan
olish va hurmat qilish kuchayadi. Konferensiyaning tinchlik shiori–«Dunyoda
tinchlikni, hamkorlik, hamjihatlikni saqlash, halqlarning madaniy merosini
rivojlantirishda turizmning hissasi» mavzusi qabul qilindi. Manila
konferensiyasida 27- sentabr «Butunjahon turizm kuni» deb belgilandi. Xalqaro
turizmda va davlatlar turizmida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha aniq va jiddiy
tavsiyalarni ishlab chiqqan xalqaro konferensiyalarning eng obroʻlisi, tan
olinganligi butun jahon turizm tashkilotning «Turizm boʻyicha Gaaga
deklaratsiyasi» ni qabul qilish boʻldi. 
Butunjahon turizm tashkilotining dunyo davlatlari Parlament larining turizm
boʻyicha xalqaro konferensiyasi Niderlandiyaning Gaaga shaxrida 1989 yilning 30
martdan 14 aprelgacha boʻlib oʻtdi. Konferensiya ishida Parlamentlararo ittifoq
(MGTS) vakillari ham qatnashdi. Konferensiya birinchi navbatda BMTning jahon
davlatlarida turizmni rivojlantirishda Butun jahon turizm tashkilotning mehnatlari
va muhim mavqeʼga ekanligini eʼtirof etdi. 
Ikkinchidan, jahon turizmining rivojlanayotganligida xalqaro tashki lotlar: Halqaro
mehnat tashkiloti (HMT), Butunjahon cogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST),
BMTning fan va madaniyat,maʼorif tashkiloti (YuNESKO), Xalqaro grajdan
aviatsiyasi (MKAO), atrof muhit boʻyicha BMT Dasturi (YuNEP), Xalqaro jinoiy
qidiruv politsiyasi (INTERPOL) va xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkilotlari BTT bilan mustahkam aloqada boʻldilar, yordam berdilar.



Download 1,71 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro marshrutlardagi sayohatlar boʻyicha Manila deklaratsiyasi

Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish