Dunyo xalqlaridagi xulq-atvor va imo-ishoralar haqida




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/64
Sana16.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#138693
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

97. Dunyo xalqlaridagi xulq-atvor va imo-ishoralar haqida.
haqida Turizmda
turistlar oʻzlarining turistik faoliyati davomida dunyo mamlakatlarida yashayotgan
xalqlar, millatlar, elatlar bilan kutilgan va kutilmagan holatlarda, baʼzida qisqa
uchrashuvlarda,suhbatlarda muloqatda boʻladilar. Ana shu muloqatlarda oʻzga
xalqlarning xulqi-odobi yoki imo- ishoralarining maʼnosini bilish turizmda muhim
ahamiyatga ega boʻlmoqda. Ayniqsa, gid-ekskursiyachining bu xususiyatlarni
bilishi marshrutning koʻngilsiz, tasodifiy voqeʼalarsiz oʻtishini taʼminlaydi. Ӯzga
millatlar, xalqlarning urf-odatlari imo-ishoralari mazmuni bilan tanishish va ushbu
xususiyatlarning maʼnosini yaxshi oʻzlashtirib olish turistik faoliyatga qiziqadigan
har bir inson uchun juda zarur hisob lanadi. Ikkinchidan, bu xususiyatlarni bilish
insonning ziyoliligi, madaniyat liligini ham anglatadi. Chunki, oʻzga davlatlarda
odamlar bilan tasodifan uchrashish yoki suhbatlashish vaqtida Ӯzbekiston
xalqlaridagi yoki aynan oʻzbeklardagi “ha”-tasdiqlash maʼnosini bildiruvchi ishora
yoki belgi, bildirish u xalqlarda “yoʻq” yoki butunlay “inkor” qilish maʼnosini
berishi mumkin. Imo-ishoradagi yoki xulq-atvordagi xususiyatlar insonning nutqi,
gapirishi davomida boshini, barmoqlarini, qoʻllarini harakatlantirishi orqali
bildiriladi. Turizmga bagʻishlangan adabiyotlarda, ilmiy maqolalar da imo-ishorani
tushunmaslik natijasida maxalliy mezbonlar bilan turist lar oʻrtasidagi oddiy
harakatlar to sudlashuvgacha davom etgan. 
Masalan, Moskvalik shunday hikoya qiladi-Yaqinda aeroportda menga chet ellik
turist yaqinlashdi va salomlashib yaqin orada yuk saqlash xonasi bormi deb
soʻradi. Men ingliz tilida kerakli soʻzlarni topib uning toʻgʻri kelayotganligini yuk
saqlash xonasi borligini xatto bepul ekanligini xam tushuntirdim va
xursandligimdan bosh va koʻrsatgich barmogʻimni aylana holida qilib “OK”
dedim. Men uning rahmat aytishini kutgandim. Lekin uning avval rangi oqardi
soʻngra esa meni qoʻpol soʻzlar bilan haqoratlay boshladi. Men ham qarab
turmadim,oʻrtada janjal chiqdi. Mojoroni militsiya boʻlimida tajribali tarjimon
yordamida hal qildik. Maʼlum boʻldiki, turist Tunis davlatidan kelgan boʻlib men


unga boshbarmogʻim va koʻrsatgich barmogʻimni aylana qilib koʻrsatib “OK”
deganim va qoʻlimni yon tarafga yozib yoʻl koʻrsatganim ularning tushunishi
boʻyicha-“men seni bepul oʻldiraman” degani ekan. Men undan kechirim
soʻradim.U xoʻmrayganicha tarjimon bilan militsiya boʻlimidan chiqib ketdi.
Jestlardagi bosh barmoqni yuqoriga koʻtarish amerikaliklarda yoʻlovchi
mashinalarni toʻxtatish, iltimosni bildiradi. Koʻp xalqlarda esa bu jest “xammasi
aʼlo darajada” degani. Yevropa davlatlarining koʻpchiligida mazkur jest–“yoʻqol”
degani,Gretsiya davlatida-“jim boʻl” maʼnosini bildiradi. Endi, yoʻlovchi
avtotransportni toʻxtatmoqchi boʻlgan amerikalik ning Yevropa davlatlari va
Gretsiya davlatidagi ushbu jest bilan qilgan urinish larining qanchalik befoyda
ekanligini oʻzingiz tasavvur qiling. Shuningdek, arab davlatlarida qoʻl va
barmoqlarning yuqoridagidek harakati-“beodoblik, ahloqsizlik” hisoblanadi.
Saudiya Arabistonida ham qayd qilingan jestning maʼnosi-“bu yerdan tezroq
yoʻqol” degan maʼnoni bildiradi.Umuman islom dini tartibi hukumron davlatlarda
chap qoʻl “toza emas” maʼnosida qabul qilinadi. Shuning uchun bu davlatlarda
sovgʻa yoki boshqa biror narsani chap qoʻl bilan uzatsangiz bu harakatingiz bilan
siz ularni haqoratlagan boʻlasiz.

Download 1,71 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dunyo xalqlaridagi xulq-atvor va imo-ishoralar haqida

Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish