92. Marshrutni amalga oshirish bosqichida qanday harakatlar amalga oshiriladi? Marshrutni amalga oshirish bosqichida quyidagi harakatlar amalga
oshiriladi:
Marshrutga chiqish (boshlash, yoʻlga chiqish).
Marshrutdagi ekskursiyalar, uchrashuvlar, dam olish va boshqa tadbirlarni
marshrut dasturi asosida oʻtkazish.
Marshrutdan qaytish.
Marshrut oʻtkazilgandan keyin turistlarning fikri, taʼsu rotlari,taklifi va
taqrizlarini toʻplash,tahlil qilish.
93. Marshrutlarni oʻtkazish metodikasi. Marshrutlarni oʻtkazish
metodikasi.Turistik marshrutni oʻtkazish metodikasi ikki qismdan iborat boʻladi.
1. Ogʻzaki metodikalar
2. Amaliy metodikalar
Turistik marshrutni oʻtkazishdagi ogʻzaki metodika boʻyicha dastlab turistlar bilan
uchrashuv tashkil (turfirma yoki marshrut rahbari) qilinadi. Bu uchrashuvda rahbar
marshrut haqida barcha zarur axborotlarni ogʻzaki aytib, savollarga ham ogʻzaki
javob beradi. Marshrut davomida marshrut rahbari quyidagi metodik-yoʻl axborot
larini berish usullaridan foydalanadi:
• eʼlonlar;
• tushuntirishlar;
• xabarlar;
• maʼlumotlar;
• suhbatlar.
Turistik marshrutni oʻtkazishda amaliy metodikaning tuzilishi quyidagicha boʻladi.
Axborotlar qisqa, mazmunli, maqsadli, qiziqarli boʻlishi marshrut rahbaridan oʻz
ishi boʻyicha usta bilimdon, yetuk mutaxassis boʻlishligini talab qiladi. Qayd
qilinganlardan maʼlum boʻladiki, turis tik marshrutlarni oʻtkazishni tashkil qilishda
ilova qilingan bosqichlar, bu bosqichlardagi talablar, marshrutni oʻtkazish
metodikasining bajari lishi turistning barcha talablarini toʻliq qondirishga
qaratilmogʻi lozim. Ushbu holatda turistning marshrutdagi maqsadi amalga oshadi,
marshrutdan toʻliq qoniqish hosil qilib oʻz xarajatlarini «koʻrish», «bilish» va
xulosa chiqarishida toʻgʻri sarflanganligini aniq biladi, bundan afsuslanmaydi.