Turistik marshrutning bahosini xizmatlar koʻrsatish narxlari boʻyicha




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/64
Sana16.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#138693
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

90. Turistik marshrutning bahosini xizmatlar koʻrsatish narxlari boʻyicha
aniqlash. Albatda, turistik marshrutlarning bahosini qoʻyishning qiyin tomonlari
ham, oson tomonlari ham bor. Oson jihatlari shundan iboratki, agar turistik tarshrut
bir joyda masalan, Samarqand shahrida oʻtkazila digan boʻlsa bu marshrutning
bahosini chiqarish oson kechadi. Chunki, Samarqandlik turoperator shahrimizdagi
barcha turistik xizmatlarning, turistik infratuzimalarning, ovqatlantirish
xizmatlarining narxini biladi. Turoperator barcha xizmatlarning narxini jamlab,
ularga qoʻshimcha qilib firmaning xarajatlarini qoʻshadi va turistik marshrutning-
turning bahosini chiqaradi.Eng muhimi shundaki, turistik firmaning qoʻshimcha
narxi ishonar li, oshirilgan boʻlmasligi lozim. Shu holatda turistik marshrutning
bahosini surishtirgan turist bahoni oʻrganib uning toʻgʻriligiga ishonch hosil qiladi.
Endi aynan shu turistik marshrut marsh rutda koʻrsatiladigan xizmatlarga qarab xar
xil moliyaviy taʼminlangan turistlar uchun 4 darajali boʻlishi mumkin: 1-arzon; 2-
oʻrtacha; 3-qimmat; 4-oʻta qimmat(lyuks). Turistik marshrutning ishonchli
bahosini chiqarishning qiyinligi shundan iboratki, agar turistik marshrut
shaharlararo, tumanlararo va ekologik tur mavzularida boʻlsa, albatda bu joylardagi
turistik xizmatlar, turis tik infratuzilmalar xizmatlari, mehmonxona xizmatlari va
ovqatlan tirish xizmatlari turoperator yashab turgan joydan boshqa narxlarda
boʻladi. Bu narxlarni turoperator biladigan boʻlsa u turistik marshrutning bahosini
toʻgʻri chiqaradi. Bu narxlarni bilmaydigan boʻlsa turistik marshrutning bahosini


albatda tavakkaliga yoki oshirilgan narxlarda qoʻyishga majbur boʻladi. Bu ikkala
holatda ham u turistik marshrutning bahosini surishtirgan turistlarga ishonchli
javoblarni topib beraolmaydi. Shuning uchun ham turizm sohasida-«Turoperatorlar
kuchli joyda turizm rivojlanadi»-degan qatʼiy qoida bor. Germaniyalik
turoperatorlar oʻz davlatlarining hududlaridagi barcha turistik xizmatlar, turistik
infra tuzilmalar xizmatlari, mehmonxona xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari va
yonilgʻi xizmatlari haqidagi axborotlar va maʼlumotlarni har haftaning birinchi
kuni «maxsus xizmatlar koʻrsatish firmalari»dan toʻplab olishar ekan. Bu
maʼlumotlar bilan ular har haftalik turistik marshrutlarning bahosini ishonchli
manbalar asosida toʻgʻri qoʻyishadi. turistik marshrutning narxini belgilashda
turistik marshrutdagi har bir xizmatlarning narxini hozirgi kun narxlari bilan
qoʻyish, jamlash va yagona bahoni chiqarish toʻgʻridek boʻlmlqda. Turistik
marshrutni yaratgan va marshrutda xizmat koʻrsatuvchi boʻlgan turistik firmaning
haqi esa turistik marshrut bahosiga qoʻshimcha 10% qoʻshishi mumkin. Turistik
marshrutlarga baho qoʻyishda maʼlum bir tushunchalarga ega boʻlish va turistik
marshrut ishlab chiqishni oʻrganish uchun «Samarqand sharq gavhari»
mavzusidagi turistik marshrutning namunasini quyida keltirildi.

Download 1,71 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turistik marshrutning bahosini xizmatlar koʻrsatish narxlari boʻyicha

Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish