|
Marshrutning axborotlar varaqasiBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2486. Marshrutning axborotlar varaqasi.
Marshrutning axborotlar varaqasi ikkita
boʻlimga ajratiladi: birinchi boʻlimda (a) marshrutda belgilangan va toʻliq
bajarilishi rejalashtirilgan axborotlar; ikkinchi boʻlimda (b) vaziyat yuzasidan kelib
chiqadigan qoʻshimcha axborotlar.
Bu axborotlar roʻyxati quyidagicha tuziladi:
a) birinchi boʻlimda:
• turistik sayohatning tipi va turi, sayohatda koʻrsatiladigan asosiy xizmatlarning
dasturi, marshrutning masofasi va muddati, sayrlar va ularning darajasi, oʻtkazilish
usullari;
• sayohat trassasining yozma matni–har bir obʼektlarga yetib borish vaqti, bu
obʼektda boʻlish va nimalar bilan mashgʻul boʻlish (joylashtirish, ovqatlantirish,
sayr qilish, axborotlar berish, sanitariya-gigena holatlarini bilish, harakatlanish
yoʻlaklarini aniq belgilash– oshxonaga, soyga, boshqa imoratlarga, tibbiy xizmat
punktiga, hojatxo naga, sartaroshxonaga, saunaga, basseynga va hokazolar);
• sayohat oʻtkaziladigan hudud, rayonning qisqacha geografik tavsifi (relefi,
oʻsimliklari, daryolari, aholisi va ularning kasbiy faoliyat lari, diqqatga sazovar
joylari, har bir obʼektda turish vaqti va bu obʼektda koʻrsatiladigan xizmatlar
dasturi);
• qoʻshimcha xizmatlarning roʻyxati;
• sport obʼektlarining (oʻyin maydoni, transport toʻxtash joyi, suv havza lari,
kutubxona, kinozallar) borligi haqida maʼlumotlar;
• sayohatni tashkil qilgan turistik korxonaning manzili va unga yetib borish
haqidagi maʼlumotlar.
b) ikkinchi boʻlimda
• marshrutda qatnashadiganlarning yoshini belgilashdagi chegaralanish, ota-
onalarning bolalarini oʻzi bilan birga olishi yoki olishga ruxsat berilishi va
berilmasligi;
• turistik sayohatdagi ekskursiyalar va sayrlarda qatnashish shartlari,
chegaralanishlar, ruxsatnomalar, tibbiyot xulosalari;
• vaziyat yuzasidan kelib chiqadigan axborotlar.
|
| |