85. Turistik marshrutlarda turistik hujjatlar. Har bir tur uchun texnologik
hujjatlar yigʻindisi quyidagilardan iborat boʻladi: 1.
Marshrutda turistlar
sayohatning texnologik xaritasi (GOST R 50681 - 94).
2. Marshrutda xizmatlar koʻrsatuvchi turistik
korxonalarning buyurtmalarni
bajarish grafigi.
3. Turistik sayohat yoʻllanmasiga axborot varaqasi (GOST R 50681 - 94).
4. Hamkorlar bilan shartnomalar (mehmonxona, transport, ekskursiya byurolari,
turistik tashkilotlar).
5. Turning bahosi (kalkulyatsiyasi).
6. Marshrutning yozma matni.
7. Marshrutning harakatlanish grafigi.
8. Marshrutning karta sxemasi.
9. Marshrut davomida (avtobusda, yigʻilishlarda) beriladigan axborotlar roʻyxati,
manbalari, mazmuni.
10. Turistlar uchun maslahat bukleti (marshrutda
qanday kiyim yoki poyafzal
kerak boʻlishi, marshrutdagi ekskursiyalar vaqtida nimalar kerakligi va hakozolar).
11. Marshrut haqida maʼlumotlar toʻplami.
12.
Marshrut haqida bukletlar, reklama variantlari.
13. Transport vositalarining yoʻl qoidalariga asosan harakatlanish hujjatlari.
14. Marshrutda yoʻl-yoʻlakay toʻxtash obʼektlari (qisqa muddatli dam olish, choy
ichish, axborotlar eshittirish va boshq…).