|
Ekologik turizm marshrutlaridagi faoliyatlilik tamoyiliBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2476. Ekologik turizm marshrutlaridagi faoliyatlilik tamoyili. Faoliyatlilik
tamoyilida ekoturizm marshrutlarining harakat lanish vaqtlari, muddatlari
tushuniladi. Fasllarimiz almashib turganligidan ekoturizm marshrutlarini tuzishda
bu tamoyilga jiddiy eʼtibor berish talab qilinadi. Chunki, ekoturizmning muhim
resurslari boʻlgan togʻ hududlaridagi ekoturizm resurslariga qishki marshrutlar
ishlab chiqishda turistlarning hayoti xavsizliklarini taʼminlash masalasi birinchi
navbatdagi oʻta jiddiy masaladir. Togʻlardagi ekoturizm resurslariga yetib borishda
avtoyoʻllarda qorning erimasligi, baland dovonlardan har qanday transport
vositalarining chiqaolmasligi, togʻdagi marshrut suqmoqlarining qor bilan koʻmilib
qolishi, qor koʻchkilari turistlar hayotiga jiddiy xavf soladi. Shuning uchun ham
togʻ hududlariga qish mavsumida ekoturizm marshrutlarini tashkil qilishda
chegaralanish muddatlarini va bu marshrutlarning harakatlanish vaqtlarini aniq
belgilash ekoturizmda jiddiy ahamiyatga egadir. Togʻ hududlariga kech bahor
faslidan to kech kuz mavsumlarigacha ekoturizm marshrutlarini tashkil qilish
maqsadli boʻladi. Ekoturizm marshrutlarini Oʻzbekistondagi boshqa tabiiy
mintaqalardagi ekologik maskanlarga ishlab chiqilganda ham bu ekoturizm
maskanlarida yil fasllaridagi iqlimiy xususiyatlarni hisobga olish, tur marshrutning
harakatlanish holatlarini aniq bilish talab qilinadi.
77. Ekologik turizm marshrutlaridagi ko‘p qirralik va ko‘p variantlilik
tamoyili. Koʻpqirralik, koʻp variantlilik tamoyili boʻyicha ekoturizm marshrutlari
quyidagi variantlarga boʻlinadi.
1. Faqat quruqlik boʻylab ekoturizm maskaniga borish.
2. Havo transporti yordamida ekoturizm maskaniga borish.
3. Suv marshruti orqali ekoturizm maskaniga borish.
4. Aralash transport vositalaridan foydalanib ekoturizm maskaniga borish.
Qayd qilingan yoʻnalishlar boʻyicha ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish
tushunarli. Bu ishlab chiqarish tamoyilining koʻp variantliligiga kirib turist yoki
turistik guruhning talabi, hoxish-istaklari boʻyicha ular hoxlagan ekoturizm
marshrutlari boʻlishi mumkin. Bu marshrutlar tabiiy muhit-sharoit, yoʻl-yoʻlakay
turli–tuman obʼektlarini koʻrish imkoniyatlari boʻlganligidan koʻpqirralilikka ham
kiradi. Shu bilan birga ekoturizmning koʻp qirralilik tamoyili ekoturizmning asosiy
obʼektiga borguncha turizm ning boshqa resurslariga ham marshrutning kirib-
oʻtishni taʼminlaydi. Bu haqda ekoturizm marshrutlarini tuzishda mazmundorlik
tamoyilini qoʻllash qismida zarur talablar haqida izoh berildi.
|
| |