• 71.Turizmdagi maxsus turlar uchun marshrutlar ishlab chiqish.
  • Reklamada marshrut davomida koʻrsatiladigan xizmatlarni tasvirlash




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/64
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #138693
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
    Bog'liq
    Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

    70 Reklamada marshrut davomida koʻrsatiladigan xizmatlarni tasvirlash.
    Respublikamizda hozirgi kunga kelib Chimyon togʻ-changʻi sporti turizmi


    majmuasi,yirik,xalqaro kurortlarimiz jahon andozalari talabida reklama
    chiqarmoqda va xalqaro turizmda turistlar oqimining kelishiga yaxshi sharoitlar
    yaratmoqda.Turizmda reklama ishlab chiqarish mutaxassislarining fikricha: 
    • rangli reklamalar oq-qora rangdagilarga nisbatan 65-70 % koʻproq koʻzga yaxshi
    tashlanadi; 
    • sifatli ranglangan rasmlari bor reklama sifatsiz rasmli reklamaga qaraganda bir
    yarim barobar koʻp kishilarga oʻziga jalb qiladi; 
    • sariq hoshiyadagi qora rangdagi matn boshqa ranglarga qaraganda koʻproq
    kishilarni matnni oʻqishga jalb qiladi; 
    • reklamada ramkalangan tasvirlar, izohlar ramkalanmagan matnlarga nisbatan
    birinchi navbatda oʻqiladi; 
    • reklamadagi soʻz oʻyinlari uning oʻquvchanligini pasaytirib yuboradi; 
    • reklamada matn qanchalik qisqa boʻlsa tez yodda qoladi; 
    Reklama turizmning doimiy yoʻldoshi boʻlib, turistlarga faqat sayohat vaqtida
    emas, balki undan soʻng ham xizmat koʻrsatadi. Bu esa reklamaga alohida
    maʼsuliyat yuklaydi va turizmdagi tovar va xizmatlarni taklif qilishda turizm
    bozoridagi axborotlarga toʻla moddiy mahsulot vazifasini bajaradi. Yodda tutish
    lozimki, turistik marshrut qanchalik mukammal ishlab chiqilsa uning reklamasi
    mazmuni shunchalik qiziqtiruvchi maʼlumotlarga boy boʻladi. Turizm bozorida
    reklama qanchalik koʻp boʻlsa, xalqaro miqiyosda ham mahalliy miqyosida ham
    turistlar oqimining kuchayishiga ijobiy taʼsir qiladi.
    71.Turizmdagi maxsus turlar uchun marshrutlar ishlab chiqish. Turizmdagi
    maxsus turlar uchun marshrutlarni turistik marshrutda xizmatlar koʻrsatish talabi
    boʻyicha ikki guruhga boʻlishimiz mumkin: 
    1- guruh–Alohida turistik marshrutni talab qilmaydigan turizmning maxsus turlari; 
    2- guruh-Alohida turistik marshrutlar ishlab chiqishni talab qiladigan turizmning
    maxsus turlari. Turizdagi maxsus turlar geografiyasidan malumki, hozircha biz
    Oʻzbekistonda turizmdagi maxsus turlarning 11 turini roʻyxatga oldik. Bu turlar
    ham jami 51 tarmoqga, koʻrinishlarga boʻlinib ketadi. Birinchi guruhda turgan
    maxsus turlar alohida turistik marshrutlar ishlab chiqishni talab qilmasligining
    sababi–bu turlar resurslari–obektlari asosan shaharlari miz, tumanlarimiz
    markazlarining ichida yoki atroflarida joylashganli gidir. Birinchi guruh–Alohida
    turistik marshrutni talab qilmaydigan turizm ning maxsus turlari: 
    1.1. Milliy madaniyatga qiziqish turizmi 
    1.2. Etnik va sogʻinish turizmi 
    1.3. Milliy sanat turizmi 


    1.4. Milliy hunarmandchilik turizmi 
    1.5. Milliy ustachilik turizmi. 
    Ikkinchi guruh-Alohida turistik marshrutlar ishlab chiqishni talab qiladigan
    turizmning maxsus turlari. 
    2.1. Qishloq va fermerlar hayoti turizmi 
    2.2. Tabiiy-tarixiy tasvirlar turizmi 
    2..3. Milliy oʻyinlar turizmi 
    2.4. Gʻorshunoslik turizmi 
    2.5. Agroturizm.

    Download 1,71 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reklamada marshrut davomida koʻrsatiladigan xizmatlarni tasvirlash

    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish