Reklamada marshrutning yoʻnalishi boʻyicha joylashgan diqqatga sazovor




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/64
Sana16.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#138693
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

68. Reklamada marshrutning yoʻnalishi boʻyicha joylashgan diqqatga sazovor
turistik obʼektlarni tasvirlash.
Bu talabda reklamaga barcha turlarning asosiy
obʼekti rangli tasvirda kiritiladi. Bu usul jahon turizmida eng qulay, natijali va tan
olingan usul hisoblanadi. Respublikamizdagi tarixiy obidalar turizmida qayd
qilingan usulda reklama mahsulotlari jahon andozalarida chop qilinib dunyo
mamlakat lariga tarqatilmoqda. Diniy turizmda hozirgacha jahon miqyosida
nomlari mashhur boʻlgan allomalarning qabrini ziyorat qiluvchilar bu muqaddas
joylarni bilganli gidan turistik marshrut reklamasiz ham vatanimizga kelib
ketmoqda. Turizmda reklama turistik obʼektga tur marshrut ishlab chiqilgandan
keyin turizm bozoriga–isteʼmolchiga chiqarilishi lozim. Reklama falon joy yoki
falon qiziqarli turistik obʼekt falon joyda joylashgan degan axborotlar bilan
reklama boʻlib qolmaydi. Bunday reklamalar hozircha bizning,mahalliy aholi
talabini qondiradi. Biz turistik obʼekt yoki ziyorat goh manzilini soʻrab-surishtirib
borishga oʻrganganmiz. Reklamada turistni turistik resursga–obʼektga
chorlaydigan markaziy obʼekt birinchi betda, koʻrinarli holatda, rangli tasvirda,
qisqacha izoh bilan berilishi lozim. Masalan, ekologik turizm ishqibozlari xilma-
xil hayvonot dunyosiga qiziqishadi, biri qushlarga, biri hayvonlarga. Bunday
reklamalarga maʼlum joylarda (togʻlarda, qoʻriqxonalarda, buyurtmaxonalarda, suv
havzalarida va hako.) yashayotgan, koʻpaytirilayotgan, asosiy diqqat–eʼtibordagi
yakka yoki oʻsha joyda yashayotgan hayvonot olamining turlari birgalikda beriladi.
Nurota Qoʻriqxonasida 600 tur oʻsimliklar oʻsadi. Bu oʻsimliklarning umumiy
fondini rangli qilib berish reklamaning taʼsirchanligini oshiradi. Shuningdek,
qoʻriqxonaning Osraf darasida togʻ hayvonlari tasvirlangan qoyatoshlarni ham
reklamaga kiritish reklama bilan tanishgan turistlarda qiziqish hosil qiladi.
Qoʻriqxona hududidagi Majrum qishlogʻida ming yoshli ulkan archa daraxti hozir
ham koʻkarib turibdi, bu archani ham tayyorlanadigan reklamaga kiritish
reklamaning taʼsirchanligi ni kuchaytiradi. Shuningdek, qoʻriqxonada burgut,
lochin va qora kalxatlar ham reklamaga albatda rangli tasvirda kiritilishi
reklamaning jozibador ligini kuchaytiradi. Masalan, ekologik turizm boʻyicha
ishlab chiqiladigan ekoturistik marshrutlarning asosiy obʼektlarini reklama qilish
boʻyicha loyiha namunasini keltiramiz Masalan, Samarqand shahriga kelgan turist
reklama boʻyicha viloyatimiz ning eng soʻlim goʻshalaridan biri boʻlgan
Omonqoʻton vohasida 1-2 kun dam olishni hohlaydi (rekreatsion va ekologik


turizm). Bunday buyurtmalarga turfirma va mehmonxonalarda ishlayotgan
turoperatorlarda hamisha zahirada qoʻshimcha turistik marshrut reklamalari
boʻlishi lozim va shunday boʻlishi ham kerak. Omonqoʻton vohasiga boradigan
turistik marshrutning zahiradagi reklamasiga marshrut boʻylab joylashgan koʻplab
yoki asosiy diqqatga sazovor turistik obʼektlarni joylashtirish mumkin. Masalan,
Samarqandga kelib Omonqoʻtonni koʻrishni hohlagan turist va turistlar albatda
birinchi kuni Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qilishadi va
ikkinchi kundan boshlab Omonqoʻton vohasiga turistik marshrut asosida yoʻlga
tushadi.

Download 1,71 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Reklamada marshrutning yoʻnalishi boʻyicha joylashgan diqqatga sazovor

Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish