oshiriladigan sayyohatlarga transport vositalarini tanlash muammoli emas. Chunki
shahar va tumanlar orasida yoʻllar har holda ishonchli.
Agar turistik marshrut
ekoturizm, sarguzasht turizmi, gʻorshunoslik turizmi yoki ovchilik turizmi
mavzusida boʻlsa, transport vositasi yengil mashinalar oʻta olmaydigan yoʻl uchun
maxsus moslamalar qoʻyilgan (JIP, NIVA, UAZ, GAZ-66) mashinalar tanlanadi.
62. Transport vositalarini ob-havo, iqlim, mavsumiy sharoitlar va yoʻllar
holati, boʻyicha tanlash. 1. Transport vositalarini ob-havo, iqlim, mavsumiy
sharoitlar va yoʻllar holati, boʻyicha tanlash shartlari 1-qismda keltirildi. Ularga
qoʻshimcha
qilib aytish zarurki, respublikamizda qish oylari shaharlarda ham,
shaharlar tashqarisidagi yoʻllarda tuman va tabiat manzillariga boriladigan
mahalliy yoʻllarda
ham muzlash, erish natijasida
loygarchilik holatlari koʻproq uchraydi. Ikkinchidan,
kuz-qish
oylarida ob-havo iliq haroratdan sovuq haro ratga qarab tez oʻzgaradi. Qayd
qilinganlarni hisobga olib vaturistlarninghayoti
xavfsizligini
taʼminlash maqsadida kuz-qish oylarida turistik
marshrutlarda maxsus avtomobil va avtobuslardan
foydalanish xavfsizliroq
boʻlishiga eʼtibor berish lozim