yuqumli kasalliklar tashuvchi yovvoyi va xonaki hayvonlar, parran dalardan har
xil kasalliklarni yuqtirish xavfli;
allergiya va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi oʻsimlikzor, oʻtloqzor va
oʻrmonzorlarda ushbu kasalliklarni yuqtirish xavfi;
mevalar, sabzavotlardan zaharlanish xavfi.
3. Kutilmagan omillar;
turistlar joylashtirilgan joylarda tabiatning favquloddagi hodisalari (suv toshqini,
qor koʻchishi, ob-havoning keskin oʻzgarishi va hokazolar)dan kelib chiqadigan
xavflar;
turistlar
joylashgan joylardagi aholi, jamoatchilikdagi tartib- intizomning
boʻshligidan kelib chiqadigan xavflar;
turistlar foydalanayotgan mehmonxona, lager binolarining texnik holati, kanatli
sim yoʻllar, changʻi yoʻllari, avtomagistrallar, soʻqmoq lar va boshqa obʼektlarning
texnik sozligi holatidan kelib chiqadi gan xavflar.
67. Ekologik turizm marshrutlarida hayot xavfsizligini taʼminlash.
Ekologik
turizm marshrutlarida hayot xavfsizligini taʼminlash. Turizmdagi boshqa
turistik marshrutlarga taqqoslaganda ekoturizm
marshrutlarida turistlarning
hayotiga xavf soluvchi manbalar anchagina. Chunki ekoturizm marshrutlari
tabiatimizdagi barcha ekologik iqlim mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Bu ekologik
iqlim mintqalarining barchasida tabiatdagi zaharli hashoratlar, sudralib yuruvchilar
yashashadi.
Ekoturizm marshrutlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va
manbalarni quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
1. Zaharli sudralib yuruvchilar (ilonlar) va hashoratlar (qoraqurt, pashshalar)
chaqishi xavfi;
2. Iqlimning taʼsiri xavfi (issiq urishi, togʻlarda qon bosimi oshishi, oʻsimliklarning
allergiya chaqirishi, shamollash);
3. Ichki kasalliklarning kelib chiqishi xavfi (meva sabzovatlardan,
mahalliy
suvlardan, mahalliy – milliy ovqatlardan);
4. Transport vositalarining choʻlda va togʻliklarda, notekis yoʻllarda yurishdan
kelib chiqadigan xavf.
Ekologik turizm marshrutlarida transport vositalari va iqlimiy xavflarning turistlar
hayotiga xavf solishi haqida ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda
«faoliyatlilik» tamoyili talablarida yozildi. Ekoturizm marshrutlarida tabiatdagi
zaharli ilonlar, hashoratlar haqida marshrutning «axborotlanganlik»
tamoyili
boʻyicha zaharlanish haqida marshrut maʼlumotlarida ogohlantirish xabarlari
yozilishi, zaharli ilonlar, chayon va qara-qurtlarning qayerlarda koʻproq uchrashi
yoki boʻlishi albatda yozilishi shart boʻladi. Mahalliy iqlim sharoitlari manbalari
asosida turistlarda ichki kasalliklar kelib chiqishini oldini olish uchun mahalliy
suvdan foydalanmaslik, mahalliy aholi ovqatlarini bilan holda ovqatlanish,
mevalarning xususiyatlari haqida ogʻzaki
ogohlantirishlar, axborotlar, suhbatlar
oʻtkazish albatda kutilmagan xavfning oldini oladi.