mehmonxonalarga joylashtirish mumkin. Joylashtirish muammolari shahardan
uzoq masofalar dagi turistik obʼektlarga sayyohatlar davomida yuzaga keladi.
Respublikamizda turizmni rivojlantirishdagi eng ogʻriqli, muammoli masala ham
ekoturizm, arxeologik turizm, ovchilik turizm kabi turizm turlariga
marshrutlar
ishlab chiqishda yuzaga qalqib chiqadi. Oʻzbekistonning tabiat mintaqalariga
turistik marshrutlar ishlab chiqilmayotganligining asosiy sabablari ham bu turistik
makonlarda turistlar uchun tunash joylari ning yoʻqligidadir. Ekoturizm,
arxeologik turizm va ovchilik turizmini rivojlantirishni
rejalashtirar ekanmiz
birinchi navbatda turistlarning tunashi (joylashtirish) sharoitlarini yaratishimiz
kerak boʻladi. Shaharlardan uzoqda boʻlgan turizm resurslarida (ekoturizm,
rekreatsiya turizmi) turistlar uchun tunash joylarini hozircha turistik bazalar yoki
turistik lagerlar usulida yaratish imkoniyatlari mavjud. Lekin, turizmda
tadbirkorlikning kengaymayotganligidan bunday
tunash joylari hozirgacha
yaratilmayapti. Agarda tabiat bagʻridagi ekoturizm maskanida (resursida) bunday
tunash joylari yaratilganda edi. Turistlarning ham tunash, ham dam olish va
ovqatlan tirish muammolari birdaniga hal qilingan boʻlardi.
Bu muammoli
holatdan chiqishning yagona yoʻli ekoturizm, rekreatsiya turizmi yoki ovchilik
turizmdagi turistik resurslarga marshrut ishlab chiqishda resursga yaqin joydagi
aholi uylarini ijaraga olish hisoblanadi. Lekin, unutmaslik lozimki, xalqaro turistlar
har qanday sharoitlarda ham tunab qolaver maydi. Shuning uchun ham bunday
sharoitlardan mahalliy turizmdagi turistlarni joylashtirishda foydalanish mumkin.
Tabiat landshaftlaridagi turizm maskanlariga (resurslariga)
marshrut ishlab
chiqishdan oldin bunday joylarda turistik bazalar va turistik lager lar barpo qilishga
qatʼiy ravishda kirishishimiz lozim. Turistik lagerlarni palatkali yoki yurta
(choʻponning qora uyi) usulida tezkor vaqtlarda mavsum larga moslashtirib qurish
imkoniyatlari juda katta. Turistlar shahar mehmonxonalariga joylashtirilganda
ularni ovqat lantirish muammo emas.Chunki, turist
joylashgan mehmonxonada
ham shahar ning har bir koʻchasida ham turistning ehtiyojini qondiradigan
restoran, kafe, oshxona va choyxonalar bor. Shaharlar mehmonxonalarida
joylashgan turistlarni ovqatlantirishda xalqaro meʼyorlardagi takliflar quyidagicha:
a) toʻliq pansion – 3 marta ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat);
b) yarim pansion – 2 marotaba ovqatlanish (nonushta–tushlik, nonushta – kechki
ovqat yoki tushlik – kechki ovqat);
v) faqat
nonushta; g) faqat tushlik;
d) faqat kechki ovqatlanish.