• 51 Turistik marshrutlar bo‘yicha ekskursiya xizmatlari o‘tkazilganligi haqida hisobot tayyorlash bosqichi qanday jarayonlarni o‘z ichiga oladi
  • 52.Turizmda turistik marshrutlarning istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash.
  • Turistik marshrutlarda yangi gid-ekskursovod xizmatlarini tayyorlash




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/64
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #138693
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
    Bog'liq
    Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

    50 Turistik marshrutlarda yangi gid-ekskursovod xizmatlarini tayyorlash
    texnologiyalari.Yangi
    gid-ekskursiya
    xizmatlarini
    tayyorlash
    texnologiyalari.Yangi ekskursiya xizmatlarini tayyorlash asosan quyidagi 3
    bosqichda bajariladi: 
    I- Bosqich – Bu bosqichda yangi ekskursiya mavzusi tanlanadi, ilmiy-amaliy
    manbalar oʻrganiladi, ushbu ekskursiyaning obʼektlari mavzu boʻyicha tanlana di. 
    II- Bosqich–Bu bosqichda ekskursiyaning marshrutlari ishlab chiqiladi,
    marshrutdagi ekskursiyalarning texnologik xaritasi, safar trassa pasporti
    tayyorlanadi, ekskursiyaning dasturi va axborotlar varaqasi ishlab chiqiladi.
    51 Turistik marshrutlar bo‘yicha ekskursiya xizmatlari o‘tkazilganligi haqida
    hisobot tayyorlash bosqichi qanday jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
    Ekskursiyaning xulosalari qismida ekskursiyaning oʻtkazilganligi haqida hisobot
    tayyorlanadi va muhokamaga qoʻyiladi, soʻngra tasdiqlanadi. 
    Bu bosqichda ekskursiyani ishlab chiqish 15 ta jarayonni oʻz ichiga oladi: 
    1. Ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini aniqlash; 
    2. Mavzuni tanlash; 
    3. Adabiyotlarni tahlil qilish va adabiyotlarning roʻyxatini tuzish; 
    4. Mavzu boʻyicha muzey fondlari va tegishli adabiyotlarni tanlash; 
    5. Ekskursiya obʼektlarini tanlash va oʻrganish; 
    6. Ekskursiya marshrutlarini tuzish; 
    7. Marshrutni oldindan aylanib, koʻrib chiqish; 
    8. Ekskursiyaning obʼektlarini koʻrib chiqish; 
    9. Ekskursiyachi «portfelini» jamlashtirish; 
    10. Ekskursiyani oʻtkazish metodlarini aniqlash; 
    11. Ekskursiyani oʻtkazish texnikasini belgilash; 
    12. Metodik ishlanmalarni tuzish; 
    13. Ekskursiya marshrutini ishlab chiqish; 
    14. Ekskursiya loyihasini topshirish; 


    15. Ekskursiyani tasdiqlash.
    52.Turizmda turistik marshrutlarning istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash.
    Turistik marshrutlarning istiqbolli yoʻnalishlarini ishlab chiqish birinchidan,
    mamlakatdagi turistik resurslarning dunyo mamlakatlaridagi aholining qay
    darajalarda bilishliklari, ikkinchidan, turizm resurslari ning turli-tumanligi,
    uchinchidan, turistik resurslar haqida turmahsulot ishlab chiqilganligi va
    toʻrtinchidan, turizm statistikasi maʼlumotlarini doimiy kuzatib borishi va turistik
    oqimni yaxshi bilishi va beshinchidan, turmahsulotlarning zamonaviy turizm
    reklamalarini ishlab chiqish bilan bogʻliq hisoblanadi. Samarqand, Buxoro, Xiva,
    Toshkent shahalarimizni dunyoning oʻqimishli aholisi yaxshi biladi va hozirgi
    ichki va xalqaro turistik oqimlar ham asosan ushbu shaharlarga toʻgʻri kelmoqda.
    Bu turistik oqimlarning pasayishi yoki kuchayishi turizm infratuzilmalarini va
    xizmatlarini hozirgi zamon turizmi talablarida bajarib borishni susaytirishimiz yoki
    kuchaytirishi mizga bogʻliq. Har holda hozir Oʻzbekistonda madaniy-tarixiy
    turizmi bilan diniy - ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Istiqbolda ham bu turizm
    turlarining mavqeʼi pasaymaydi. Mutaxassislarning fikricha kelgusi istiqbolda
    Oʻzbekistonda ekologik turizm va diniy-ziyorat turizmlari kuchli rivojla nadi.
    Bizning bashoratlarimiz ham xuddi shunday. Lekin, turizmdagi har-xil fikrlar,
    xulosalar va bashoratlar ham aniq hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Eng
    muhimi, ertangi istiqbolda halqaro va ichki turistlarni jalb qiluvchi turistik
    resurslarning va imkoniyatlarning borligi yoki yoʻqligini yaxshi bilish kerak va
    yangi ishlanadigan turistik marshrutlar qay darajalarda xaridorbop boʻlishini ham
    oldindan koʻra bilish lozim.

    Download 1,71 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turistik marshrutlarda yangi gid-ekskursovod xizmatlarini tayyorlash

    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish