qoʻshimcha obʼektlari asosiy obʼektga borish va qaytish marshrutlarida
koʻrsatiladi.
47. Turistik-ekskursiya faoliyatni boshqarish huquqlari va sharoitlari qanday
qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan. Bu huquqiy-meʼyoriy hujjatlarga
quyidagi mʼyoriy hujjatlar kiradi: «Standartlash haqida» Oʻzbekiston
Respublikasining Qonuni (25.04.2003y.), Oʻzbekiston Respublikasining
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash» haqidagi Qonuni (28.12.1993 y.,1006-
XII-conli) Bulardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyhatga
olgan va Oʻzbekiston Davlat standartlashtirish, meteorologiya va serti fikatsiya
markazi tasdiqlagan «Turistik xizmatlarni sertifikatlash tartibi (18.03.2000 y.),
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turistik faoliyatni
Litsenziyalash tartiblarini tasdiqlash» (11.11.2003y., 497-sonli) kabi davlat hujjat
va qarorlari turistik-ekskursion faoliyatni toʻgʻri olib borishning huquqiy-meʼyoriy
hujjatlari hisoblanadi.