ekskursiya mazmunini eshitishda ham ishlatiladi. Yani ekskursavod yoʻl-yoʻlkay
ekskursiya metodlari boʻyicha ekskursiyachilar
bilan muloqotlar qilib
boradi.ekskursavod obʼektni ekskursiya chilarga tomosha qildirishda ekskursavod
maʼruza metodini qoʻllaydi. U obʼektning jozibadorligini soʻz bilan isbotlaydi.
Ekskursiyachilar esa koʻrish, eshitish taʼsurotlar olishda ekskursiya metodlarining
ekskursavod tomonidan ishlatilayotganligini sezmay ham qoladilar. Shu tariqa
ekskursiya jarayoni yuz beradi. Ekskursiya jarayonida obʼektning tavsifi-izohlari
ekskursavod
tomonidan ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirilgandagina
ekskursiyachilar ekskursiyadan oʻzlari kutgan narsani oladilar, yaʼni ishonch hosil
qiladilar. Ekskursavod metodlardan foydalanib ekskursiyadagi komponentlarning
(ekskursavod+obʼekt+ekskursantlar) oʻzaro harakatini birlashtiradi.Shunday qilib
ekskursiya xizmatida ekskursiya obʼektlarini koʻrsatishning quyidagilar eng koʻp
ishlatiladigan qulay usullar hisoblanadi:
1. Oldindan koʻrish, tomosha qilish usuli. Bu usulni ikkiga boʻlish mumkin.
Birinchi qismda ekskursantlar oʻzlari tomosha qila boshlaydi. Keyin ekskursavod
obʼektning qurilishdan boshlab u bilan bogʻliq maʼlumotlarni asta-sekin axborot
tariqasida gapira boshlaydi.
2. Panorama usulida koʻrsatish–baland joydan katta hududlarni koʻrsatish va
tanishtira borish. Masalan, Choʻponota qirlaridan
turib Samarqand shahrining
tarixiy obidalari va baland minoralari haqida ekskursiya oʻtkazish mumkin.
3. Koʻrib qaytadan tiklash usuli – ekskursavod obʼektning dastavval qanday
boʻlganligini ishonchli maʼlumotlar asosida hikoya qila boshlaydi va tiklaydi 4.
Koʻrishda mantaj (qayta ishlash) usuli bu usul ham oldingi-koʻrib qaytadan tiklash
usuliga oʻxshab ketadi; 5. Voqealarni yigʻish usuli–aynan voqea sodir boʻlgan
joyda ekskurso vod ekskursantlarning bu voqea haqidagi barcha fikr va bilimlarni
yigʻadi; 6. Koʻrishni taqqoslash usuli–Obʼektni boshqa obʼektlar bilan taqqos lash
(balandligi, usuli,
kengligi, sirliligi,
kattaligi, tarixiyligi,
qanday dir voqealarga
bogʻliqligi va boshqalar).