|
Turistik marshrut ishlab chiqishda gid-ekskursovod xizmatlariningBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2442. Turistik marshrut ishlab chiqishda gid-ekskursovod xizmatlarining
mohiyati.Gid-kuzatuvchi, gid boshlovchi–turistlar guruhini boshqaradi; diqqatga
sazovor joylarga ekskursiya oʻtkazadi; ekskursiya mavzusini, marshrutini ishlab
chiqadi; mavzu boʻyicha materiallar toʻplaydi; ekskursiyaning matnini tuzadi,
materiallarini hikoya qilib beradi; «gid portfeli»ni taxlaydi; ish jarayoni yuqori
darajadagi muloqot madaniyatini talab qiladi. Gid-kuzatuvchi quyidagi bilim,
koʻnikma va malaka talablari ega boʻlishi lozim: tarix, adabiyot, geografiya,
iqtisodiyot, siyosat, jurnalistika sohalariga qiziqishi; ekskursiya oʻtkazish
metodikasi va texnikasini, ekskursantlarga xizmat koʻrsatish tartibini bilishi;
kamida ikkita xorijiy tilda erkin muloqot qila olishi; tahlil, mulohaza qilishi; hujjat
va materiallar bilan ishlay olishi kerak. Turizm ekskursiya xizmatlari
xizmatlarning qay darajada tashkil qilinganligiga va xizmatlarning sifatiga qarab
rivojlanadi. Bunda albatta turizm infratuzilmasidagi texnologiyalarning darajalari
ham birinchi navbatga chiqadigan sharoitlardan va asoslardan biri hisoblanadi. Shu
bilan birga turizmdagi asosiy xizmatlarning texnologik-servis darajalari ham
ekskursiya xizmatlarining tashkil qilinishiga bogʻliq boʻladi. Ekskursiya xizmatlari
yuqori darajada tashkil qilinib turizm infratuzilmalari ana shu yuqori darajalarga
javob bermasa ekskursiya xizmatlarining amalda oʻtkazish natijalari yuqori sifat
darajalariga erisha olmaydi. Lekin har qanday sharoitda ham ekskursiya
xizmatlarining maqsadi va vazifalarini yaxshi anglab olish, yaxshi oʻzlashtirib
olish turoperator yoki gid tarjimon boshlovchidan talab qilinadi. Ekskursiya
xizmatlarining maqsadi va vazifalarini toʻgʻri belgilash ekskursantlarda qoniqish,
yaxshi kayfiyat holatlarini keltirib chiqaradi va natijada turistik firmaning nufuzi,
raqobatbardoshligi ortadi.
43. Turistik marshrutlarda gid-ekskursovod xizmatlaridan samarali
|
| |