1-mavzu. «EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining maqsadi va vazifalari
Ekskursiya xizmatining mazmuni va mohiyati
Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida
Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida
1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining
maqsadi va vazifalari
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy xizmatlaridan biri ekskursiya xizmati hisoblanadi. Mamlakatga tashrif buyurgan turist eng avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, sermazmunligi, daromadliligi, hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etishning texnika va texnologiyasi haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlab-chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarda sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
Ekskursiya xizmatining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari va ekskursiya xizmatini tasniflashni o‘rgatish;
Ekskursiya rahbari - gidga qo‘yiladigan talablarni o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish;
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash;
Ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish tartibini o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish usullarini aniqlash;
Ekskursiya xizmatining tashkiliy masalalari;
O‘zbekistonning tarixiy- arxitektura yodgorliklariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
Turizmning maxsus turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash;
Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasini o‘rgatish.
|