0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY TA'LIIVI, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZQ ULUG‘BEK NOMIDAGI 0‘ZBEKISTGN MILLIY UNIVERSITET1
DAVLAT XIZMATI VA PERSONAL BOSHQARUV FAiNI O QLJV DASTURI
Bilim sohasi: 300 000- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot.
Ta’lim sohasi: 3 10 000 - Ijtimoiy va xulq-atvorga oid fanlar.
Ta’lim yo‘nalishi: 603 10700 — Siyosatshunoslik.
I oshkent - 2023
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda davlat xizmati va personal boshqaruv fanining konseptual asoslari, davlat xizmati va personal boshqaruv transformatsiyasining g‘oyaviy platformasi, davlat xizmati lavozimlarining davlat reestri hamda personal boshqaruv sohasini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat xizmati va personal boshqaruv sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan metodologiya, uslub va amaliyotini o‘rgatish hamda ijimoiy hayotga tatbiq etish bo'yicha bilim va ko‘nikmasini hosil qiIishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalar tomonidan davlat xizmati va personal boshqaruvga doir ilmiy nazariyalarni, asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish, tegishli kompetensiyalarni shakllantirish, davlat xizmati va personal boshqaruv tahliliga mos uslubiy yondashuvlar mazmunini ochib berish, davlat xizmati dinamikasini, personal boshqaruv tipologiyasini siyosiy tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish, davlat boshqaruvida davlat xizmati va personal boshqaruv nazariyasi. amaliyotini qo‘llash texnikasini o'zlashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy muammolarni hal qilishda faol
shaxsiy pozitsiyasini shakllantirish orqali demokratik jamiyatdagi o‘rni va rolini ochib berish.
Asosiy nazariy (jism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: