|
Kirish so‘zi assalomu alaykum!
|
Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 15,46 Kb. | | #135253 |
Bog'liq Kirish so\'zi (Автосохраненный)
KIRISH SO‘ZI
Assalomu alaykum!
“Nordic” ilmiy-amaliy elektron jurnalining aziz mushtariylari va mualliflari!
Muhtaram prezidentimiz tomonidan 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishining o‘ziga xos sababi, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, zamonaviy bilimga ega va yuqori malakali yosh kadrlarni tayyorlash, biznesning barcha shakllarida qulay muhit va zaruriy infratuzilmani shakllantirish vazifalari turadi.
Bu borada mazkur jurnal ham iqtisodiyot sohalaridagi muammolarni chuqur tahlil etishga, jamiyatning intellektual salohiyatini oshirishga, ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy yutuqlarni tahlil qilishga hamda tizimlashtirish orqali olimlar va barcha ilm ahlini ushbu yutuqlarning hayotga tatbiq etilayotganligi haqida xabardor qilishga intiladi. Elektron jurnal sahifalarida milliy va xorijiy mualliflarning zamonaviy yo‘nalishlarga doir ilmiy topilmalari, yutuqlari va istiqbollar borasidagi ilmiy maqolalari e’lon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan, mahalliy jurnallarni Scopus, Web of Science kabi umumeʼtirof etilgan maʼlumotlar bazalariga kiritish vazifasi qo‘yilgani ham ilmiy davriy nashrlarning sifatini yaxshilash, ularni xalqaro meʼyorlar darajasiga olib chiqilishi, ilmiy izlanuvchilar uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilishiga, mamlakat ilmiy salohiyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda ilmiy noshirlik ishlarining xalqaro maʼlumotlar bazalarida koʻpayishi jahon bozorida jadal rivojlanayotgan sogʻlom raqobatni yuzaga keltiradi.
Mazkur jurnal Xalqaro Nordik universiteti olimlarining tashabbusi bilan mamlakatimizda ilm-fan rivoji, yurtimiz olimlarining ilmiy sohadagi yangiliklari va izlanishlari, soha va tarmoqlardagi rivojlanish tendensiya va prognozlari, ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanish shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tahririyat Kengashi a’zolari ilm-fan va tadqiqot natijalarining ochiqligi va hammabopligi ta’minlash, taxririyatga kelib tushgan maqolalarni xolisona ko‘rib chiqish va o‘z xulosasini berish, muammoli mavzulardagi maqola mualliflarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jurnalning ommabopligini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Fursatdan foydalanib, jurnal o‘quvchilariga, tahririyat a’zolariga ijodiy barkamollik tilayman. “Nordic” ilmiy-amaliy elektron jurnalining faoliyati tobora yuksalishini, nafaqat yurtimizdagi, balki jahondagi nufuzli ilmiy nashrlardan biriga aylanishini niyat qilamiz. Boshlagan sharafli, mashaqqatli va ayni damda xayrli ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.
Hurmat bilan,
Sherzod Mustafakulov
Taxririyat kengashi raisi,
Xalqaro Nordik universiteti rektori,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
|
| |