|
Turistik marshrutlar ishlab chiqishda marketing va marketingBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2437. Turistik marshrutlar ishlab chiqishda marketing va marketing
tadqiqotlari tushunchasi.
Zamonamizda turizm oqimi turizm rivojlangan
mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon oʻzgarmoqda. Ana shu
oʻzgarishlar albatda turizm bozoriga bogʻliq. Rivojlanayotgan mamlakatlarda
turizm bozori qanchalik kengaysa, bu bozorda turistik mahsulotlar qanchalik
koʻpaysa, oʻsha holatda bu bozordan turizm mahsulotlarini oluvchilar soni
koʻpayadi. Turistik bozorda turistik mahsulotlarning koʻpayishi oʻsha bozor
joylashgan mamlakatlarda turizm sohasining rivojlanganligini koʻrsatadi. Ana shu
turizm bozorining jahon miqyosidagi juda ommaviylashgan nomi–marketing–
market–{ma: kit} deyiladi. Makitning birinchi maʼnosi–«bozor»; ikkinchi
maʼnosi–«bozorda sotish yoki sotib olish»; uchinchi maʼnosi – bozorbop, bozorgir,
xaridorbop soʻzlarida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida marketing
faoliyati mahsulot lar va xizmatlarga boʻlgan, talab va takliflarning biri-biriga
toʻgʻri kelishi uchun erkin va raqobatli almashuvdan iborat boʻladi. Marketingning
mazmuni- hozirgi vaqt turizm marketingining taʼrifi koʻproq quyidagi olimlarning
xulosalari boʻycha berilmoqda. Kvartalnov M.A. (2003) boʻyicha–«Marketing bu–
mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchining–isteʼmolchiga harakatlanishi
faoliyatidir. Turizmda tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan–isteʼmolchiga
oqimi jarayonlari har xil talqinda berilmoqda. Turizm marketingi turistik mahsu
lotni sotish va reklama qilish faoliyatigina emas. Bu turizm marketingining bir
tomonigina xolos. Marketing turizmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va bu
tovar va xizmatlarni bozorga chiqarishini taʼminlash, sotish tizimini – maqsadli,
strategik boshqarish faoliyatidir». Saak A.E., Pshenichnыx Yu.A.
(2007)–«Marketing konsepsiyasi–bu turistik tashkilotning xaridor, isteʼmolchining
talabini qondiradigan mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishdir». Durovich A.
(2008) – «Marketing–bu zamonaviy biznesni boshqarishning bozor tizimini oʻzida
mujassamlashtirgan isteʼmolning hamma tomonlarini, talablarini diqqat bilan
tizimli oʻrganish natijasida oʻsha isteʼmolchiga moslashgan ishlab chiqaruvni
tashkil qilish va isteʼmolchilar, xaridorlarni jalb qiladigan tovar va xizmatlarni
bozorga chiqarish tizimidir».
|
| |