Dunyoning yetti moʻjizasining birinchisi boʻlgan–Misr pirami dalarini olsak qayd
qilingan ulugʻvorlik, qadimiylikni koʻramiz. Yetti moʻjizadagi asosiy jozibadorlik,
betakrorlik ularning oʻta darajada ulkanligi va qurilishi jihatidan hozirgi inson
ahlini lol qoldirganidir. Shu oʻrinda eʼtibor
berish kerakki, dunyoda yetti
moʻjizadan ham moʻjizaliroq turistik obʼektlar juda koʻp. Masalan, Buyuk xitoy
devori, Stounxedj tosh yodgorliklari, Nasxa choʻlidagi
ulkan qush rasmlari,
Hindiston va Tailanddagi togʻ ibodatxonalari va hakozolar. Mazkur tarixiy
yodgorliklardagi jozibador lik va betakrorlik, qadimiylik
va inson ahlini lol
qoldirgan qurilish sanʼatidir.
29.Turistik marshrutlar ishlab chiqishda davlatlarda joylashgan turistik
ob’yektlardagi jozibadorlik va betakrorlik.
Davlatlarda joylashgan turistik
obʼektdagi jozibadorlik va betakrorlik. Jahonning barcha davlatlarida ham oʻsha
mamlakatda yashayotgan aholi uchun ham va boshqa mamlakatlarda yashayotgan
aholilar uchun ham taniqli boʻlgan turistik resurs obʼekt mavjud boʻladi. Koʻp
mamlakatlarda esa faqat
shu mamlakat aholisiga tanish, eʼzozli turistik obʼekt
boʻlishi mumkin. Bu turistik obʼekt jahon shumul ahamiyatga ega
boʻlmaganligidan boshqa davlatlardagi odamlar deyarli qiziqishmaydi,
ular bu
davlatga ushbu obʼektni koʻrish uchun kelib-ketuvchi turistlar boʻla olishmay di.
Jahondagi koʻpgina davlatlarda esa sivilizatsiya qadimdan rivojlanganligi uchun
oʻsha davlat aholisi uchun ham, boshqa davlatlardagi aholi uchun ham hatto
jahonshumul ahamiyatga, qiziqishga molik turistik obʼekt mavjud boʻladi. Bunday
davlatlarga Yevropadagi koʻplab mamlakatlarni misol qilib keltirish mumkin.
Masalan: Fransiya davlatida qadimiy, tarixiy obidalar ham, madaniyat markazlari
ham juda koʻp. Lekin, faranglar xalqaro miqyosda oʻzlarining Eyfel minorasi bilan
faxrlanishadi. Malayziya davlatida tarixda mashhur
kishilar qurdirgan tarixiy
obidalar ham juda koʻp. Lekin betakror tabiati (qirgʻoqlarini okean suvlari oʻrab
turishi, jungli oʻrmonlari, rang-barang oʻsimliklar olami, turli-tuman hayvonat
dunyosi va hakozolar) bilan jahon turizmida (rekreatsiya turizmi, ekologik turizm)
shuningdek, zamonaviy shaharsozlik, dunyoga tanilgan ulkan imoratlari, masjidlari
bilan yangi-xalqaro turizm yoʻnalishini rivojlan tirmoqda. Demak, Malayziya
turizmidagi jozibadorlik, betakrorlik va ulugʻvor lik koʻrinishlari, obʼektlari, uning
tabiatida va zamonaviy
shaharsozlikdagi baland, moʻjizalar binolarida
mujassamlashgan. Petronasning egizak binolari jahondagi eng baland va jozibador
binolar hisoblanadi (balandligi 452 metr). Yana bir davlat Hindistonni olsak tabiati
jihatidan ham tarixiy obidalari (koʻhna ibodatxonalar, togʻlarni oʻyib
ishlangan
tosh ibodatxonalar va hakozolar) jihatidan ham turistik resurslarga juda boy
boʻlgan, mamla kat. Lekin, bu mamlakatga kelgan xalqaro turistlar deyarli birinchi
navbatda sevgi-muhabbatdagi sado qat timsoliga qurilgan Toj Mahal maqbarasini
koʻrish va ziyorat qilish uchun kelishadi. Bu holat dan xulosa shulkim, Toj Mahal
maqbarasi Hindistondek katta va qadimiy mamlakatdagi turistik resurslarning
jozibadorligi va betakrorligida yorqin toj hisoblanadi.