maydi. Tarixiy va diniy turizm marshrutlarini ishlab chiqishdagi tayyorlangan
buklet, marshrut dasturida diniy ziyoratgoh maskani va bu maskanning yuzaga
kelishidagi tarixiy davrlar haqida juda qiziqarli, qisqa-qisqa maʼlumotlar albatta
turistni qiziqtiradi. har qanday turistik resursning oʻziga xos tarixi mavjud boʻladi.
Turizmdagi barcha turlarga turistik marshrutlar ishlab chiqqanda turoperator bu
savolga albatta marshrutda javob topishi lozim boʻladi. Shuning uchun ham turistik
marshrutlar mavzusini nomlash, belgilash asosan turistik resurs-makon nomi bilan
ataladi. Masalan, Registon ansambli, Shohizinda yoki Amir Temur daxmasiga
ishlab chiqilgan marshrutlar ana shu tarixiy obidalar nomi bilan atalishi hammaga
ayon albatta. Bu marshrutlarda baʼzi turistlar (asosan islom dinidagi) birinchi
navbatda ziyorat bilan shugʻullanishadi va qurʼon oyatlaridan duolar oʻqishadi.
Keyinchalik esa bu ziyoragoh tarixi bilan qiziqishi mumkin. Ikkinchi xil turistlar
(islom diniga eʼtiqod qilmagan) dastlab ushbu turistik makonni tomosha qilishadi
va keyin uning tarixi bilan qiziqishadi. turistik marshrutlarning deyarli barchasi
turning mavzulari balan nomlanadi tarixiy obidalar, ziyoratgoh joylar hamisha,
deyarli bir mavzuli turistik marshrutlarning mazmunini tashkil qiladi.