uchun ham alohida turist (buyurtma) uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Baʼzi
bir hollarda kasbiy faoliyat tufayli kelgan turist turistik resurslarning tarixi bilan
qiziqi shi mumkin. Masalan, ekologik turizmdagi hayvonat olami bilan
qoʻriqxonada tanishgan turist uning yashash tarzi, areali, biologiyasi bilan qiziqib
qolgan da turistik marshrut tuzuvchi mazkur hayvonot turlari boʻyicha ishlaydigan
ilmiy markazlar, universitetlar va tajriba markazlari va bu markazlarda ishlaydigan
olimlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilishni ham marshrut dasturiga kiritadi. Ana
shu tariqa bir mavzuli turistik marshrutlar koʻp mavzuli yoki majmuali mavzuli
turistik marshrutlarga aylanib boradi.