xatarlarga toʻla boʻlishini bilgan jasur olimlar, mashhur insonlar edi.
Shuning
uchun ham hozirgi insoniyat ularni tildan qoʻymay yodida saqlab,
xotirasini
ardoqlab kelmoqda.
Aleksandr Gumboldt (1769-1859). Germaniyalik mashhur
geograf olim “XIX asrning Aristoteli» nomini olgan edi.U Yevropa, Markaziy va
Janubiy Amerika tabiatini mukammal oʻrgangan. U janubiy Amerikadagi 700 dan
ortiq tepalik va togʻlarning gipsometriyasini aniqladi, sayohatlari davrida 4 mingga
yaqin oʻsimliklar turi, fanga nomalum boʻlgan 1800 ta oʻsimliklarning gerbariysini
toʻpladi. Uning oʻzi va shogirdlari Amerika sayohatlari natijalarini chop qilish
uchun 26 yilni sarfladi. Bu mashhur asarning 1-jildi 1807 yilda,30-jildi 1833 yilda
chop qilingan.1827-yilda u Quyosh tasviri tushirilgan «Dunyoni
yorqin nurlar
bilan yoritgan shaxs» medaliga sazovor boʻlgan. Uning «Koinot» deb nomlanuvchi
5 jildlik asari hozir ham mashhur hisoblanadi.
Faddey Bellinsgauzen (1778-
1852). XVIII asrning ikkinchi yarmida janubiy qutbni tekshirgan ingliz sayyohi
Jeyms Kuk doimiy muzliklar oʻlkasi janubga suzib borish mumkin emas degan
fikrni aytgan edi. Mashhur dengizchi sayyohni bilgan dengizchilar uning gapidan
keyin qariyib 45 yil janubiy dengizga qilinadigan sayohatlarni toʻxtatib qoʻygan
edi. Rus dengizchi olimi F.Bellinsgauzen boshchilik qilgan birinchi rus Antarktika
ekspeditsiyasi J.Kukning xulosalari notoʻgʻri ekanligini isbotladi. Rus sayyohi
Antarktika qirgʻoqlari boʻylab aylanma sayohat qilib, birinchi boʻlib uning yaxlit
materik ekanligini butun dunyoga maʼlum qilgan.
Arminiy Vamberi (1832-1913).
1863 yilda A.Vamberi vengriya fanlar akademiyasi mablagʻi hisobiga millati turk
boʻlgan Rashid afandi nomi bilan sayyoh darvish qiyofasida Oʻrta Osiyoga safar
qilish maqsadi bilan Eronga keladi. U yerda Makka ziyoratidan qaytayotgan
karvonga qoʻshilib Isfahon, Sheroz va Mozandaron
orqali Kaspiy dengizining
shimoliga yoʻl oladi, Qoraqum choʻli orqali Xorazmga yetib keladi.