|
Markaziy Osiyolik olimlarning sayohat marshrutlariBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2417 Markaziy Osiyolik olimlarning sayohat marshrutlari.
Turizm tarixidagi
turizmning shakllanishi masalalariga mutaxassislar turlicha yondashishadi va
xulosalarga toʻxtalishadi. Aksariya hollarda turizmni iqtisodiyotda ham,
insoniyatning dunyo boʻylab haraktlanishida ham yangi fenomen-koʻrinish, soha
deb qarashadi. Ikkinchi taraf-Aslida turizmning tarixi oʻtmishdagi dunyo boʻylab
qilingan sayohatlardan boshlangan deb xulosa qiluvchilar ham koʻpchilik olimlarni
tashkil qiladi. Lekin, turizm haqidagi zamonaviy taʼlimot dunyodagi birinchi
sayohatchilarni ham, ularning sayohatlarini ham turizmga aloqasi yoʻq deb
bilishadi. Bunday xulosaga keluvchilarning fikri boʻyicha birinchi sayohatchilar
sayohatga oʻzlarining hohish-istaklaricha chiqishmagan. Bu sayohatlar majburiy
boʻlib, erkinlikni tan olishmagan. Ularning maqsadi-yangi tijorat bozorlarini, yangi
yerlarni ochish, zoʻravonlik bilan xalqlarni boʻysidirish, dinni yoyish va hakozolar
boʻlgan. Markaziy Osiyolik olimlar asosan VII oʻz sayohatlarini boshlaganlar va
jahon xalqlari taraqqiyotiga yer yuzida yashagan va yashab kelayotgan xalqlar
ning, millatlarning birortasi Markaziy Osiyolik olimlarchalik olamshumul ilmiy–
tadqiqotlarni, ixtirolarni kashfiyotlarni amalga oshirgan emas. Ushbu qoʻllanma
hajmi chegaralanganligidan Markaziy Osiyolik olimlar va sayohatchi larning toʻliq
marshrutlarini keltirishning imkoniyatlari yoʻq. Quyida dunyo xalqlarida eʼtirof
etilgan, eʼzozlangan va eʼzozlanib kelinayotgan mashhur oʻtmishdoshlarimizning
sayohatlari va ularning sayohat marshutlarining bir qismini keltiramiz.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847). Xorazm ilmiy maktabi ning ilk
koʻzga koʻringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy boʻlib, u Amerikalik
sharqshunos D. Sarton taʼbiri bilan aytganda “barcha zamonlarning eng ulugʻ
matematiklaridan biri” edi. Muhammad Xorazmiy Xorazmda tugʻilgan va
Bagʻdodda vafot etgan. Al- Xorazmiyning asarlarida hammasi boʻlib 537 joy ning
nomi, shaharlar, togʻlar (203 ta nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa
daryolar alohida-alohida yozilgan. Uning sayohatlarida Qizil dengiz, Hind va
Atlantik okeanlari kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, Azov dengizi, Nil dayosi
havzalariga izoh berilgan. Italiyalik sharqshunos K. Nallino-“ Yevropadagi hech
bir xalq Al- Xorazmiy erishgan yutuqqa erishgan va bunday asar yaratishga qobil
emas edi” deb yozgan edi. Al-Xorazmiyning sayohatlari natijasida yaratgan
geografik gʻoyalari bu fanni yangi pogʻonaga koʻtarib, 9 asr boshlarida Sharqda
yangi geografiya fani ning yaratilishiga olib keldi.
|
| |