Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/64
Sana16.01.2024
Hajmi1,71 Mb.
#138693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Bog'liq
Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

16 Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi ahamiyati.
Fikrimizcha mahalliy mehnat resurslarini ish oʻrinlari bilan
taʼmin lashda turistik obʼektga turistik marshrutlar ishlab chiqish juda katta
ahamiyatga ega. Hozircha diniy ziyoratgoh turistik resurslardan turizm
maqsadlarida foydalanish tobora rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanish asosan
shaharlar va tuman markazlaridagi diniy rahnomalar dafn qilingan joylarga
mahalliy va xalqaro turistlarning tashrifi kuchayishi asosida yuz bermoqda.
Navbatdagi vazifa mahalliy tumanlardagi mashhur diniy rahnomalar, avliyolar,
xoʻjalar va sayidlar daxmalari, maqbaralari va xaziralariga turistik marshrutlar
ishlab chiqishni kuchaytirish zarur. Tumanlardagi bunday makonlarda turistik
xizmatlarning yoʻqligi yoki qoniqarsiz holatda ekanligidan mahalliy turizmni
rivojlantirish dasturlari juda sust bajarilmoqda. Vaholanki,mahalliy aholini ish
bilan taʼminlashda turistik marshrutlar yaratish, turizmni rivojlantirishda iqtisodiy
jihatdan eng istiqbolli usullardan hisoblanadi. Turistik marshrutlar yaratishning
yana bir muhim tomoni shundaki, turistik marshrutda turistik oqimning kuchayishi
ichki turizmda ham xalqaro turizmda ham ellar, xalqlar va millatlar oʻrtasida
tanishuv, doʻstlashuv, oʻzaro hamkorlik rishtalari hosil boʻladi. Hozircha bunday
doʻstona aloqalar asosan shaharlar aholisi bilan chet elliklar oʻrtasida yuz
bermoqda. Bu holatning asosiy sabablari chet ellik turistlarni hanuzgacha
shaharlarimizdan tashqaridagi tabiat mintaqalariga, landshaftlariga, qoʻriqxonalari
yoki suv havzalariga jalb qilaolmaganimizdadir. Hozirgi maʼlumotlardan
maʼlumki, Oʻzbekistonning 70 % hududlarini choʻl va adir mintaqasi egallaydi. Bu
mintaqada hozircha 55 ta turistik resurs roʻyxatga olindi. Bu resurslar 14 ta
alohida-alohida mavzularda ekanligi, bepoyon choʻl tabiati, choʻl xalqi hayoti,
choʻlning oʻsimliklar olami va hayvonat dunyosidan mahalliy turizm va xalqaro
turizmni rivojlantirishda foydalan sak ishonch komilki, albatta dastlab turistik
marshrutlar ishlab chiqishga toʻgʻri keladi. Yuqorida qayd qilganimizdek, bu
turistik marshrutlar boʻylab albatta xizmatlar koʻrsatish joylari, texnik servis
xizmati, palatkali mavsumiy turistik lagerlar, ekzotik ekskursiyalar (tuyalarda,
otlarda, eshaklarda, aravalarda) tashkil qilinadi. Milliy ovqatlanish shoxobchalari
vujudga keladi. Tabiiyki, bu xizmatlarning barchasini mahalliy aholi bajaradi.
Ikkinchidan, choʻl hududlari shaharlar va tumanlar markazidan uzoq boʻlganligi
uchun turistlar albatta tunab qoladilar. Tunash uchun choʻl xalqining mashhur
“qora uy”lari (kigizdan) taklif qilinsa har qanday turist (hatto mahalliy turistlar
ham) oʻzining qiziqishi (balkim, birinchi marotaba tunayotgandir) tufayli oʻsha
joyda kamida 1-2 kun qolib ketadi. Xalqaro turist ham mahalliy turist ham ana shu


1-2 kunlik muddatda albatta mahalliy aholi vakillari bilan tanishishadi,
doʻstlashadi. Xalqimizning mehmondoʻstligi, qiziqish va hokazo insoniylik
xislatlari turistlarni jalb qiladi, bordi–keldi, mamlakatlar oʻrtasida axborotlar
almashish va hokazo bogʻlanishlar yuz berishi aniq. Bunday doʻstona munosabat
larning vujudga kelishi, xalqlar haqidagi bilim, davlatlar haqida maʼlumot lar
albatta insonda fikrning kengayishi, olamga boshqacha nazar solish hissiyotlarini
hosil qiladi.

Download 1,71 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy

Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish