|
Turistik marshrutlar turizmning rivojlanishida qanday rol o‘ynaydi?Bog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2414. Turistik marshrutlar turizmning rivojlanishida qanday rol o‘ynaydi?
Turistik marshrutlar turizmni rivojlantirishning asoslaridan hisob lanishi turistning
yoki turistlarning oʻz hohishlari bilan maʼlum bir davlatdagi turistik obʼektga yoki
obʼektlarni koʻrishga kelganligi va uni koʻrib ketishda albatda turistik marshrutdan
foydalanganligi tushuniladi. Turistlar foydalaniladigan marshrut esa oldindan
ishlab chiqilgan, turistik marshrutning xizmatlar koʻrsatish dasturlari ishlab
chiqilgan boʻlishi kerak. Har bir turistik obʼektga turistlar kirishi ruxsat
berilgandan keyin bu obʼekt turizmga xizmat qila boshlaydi. Baʼzida va koʻp
hollarda turizmda foydalanishga ruxsat berilgan turistik obʼektlarga turistik
marshrutning yoʻqligi natijasida ushbu obʼekt turizmda ishlamaydi. Masalan,
vatanimiz dagi Amir temir gʻori dunyoga mashhur gʻorlardan hisoblanadi. Bu
gʻordan ichki turizmda ham tashqi turizmda ham foydalanishga ruxsat berilgan.
Lekin gʻorga yetib borish va uning ichki qismini tomosha qilishning turistik
marshrutlari ishlab chiqilmaganligidan hozirda bu gʻor turizmda ishlamaydi.
Turizmda jahonga tanilgan bu gʻorni koʻrishga xalqaro miqyosda tarixchilar,
geograflar va juda koʻplab ishqibozlar bor. Bu gʻorga turistik marshrut ning
yoʻqligining asosiy sababi turizmga befarqligimizdan bu gʻorga yetib borish
yoʻlini tozalaganimiz yoʻq. Gʻorning yaqiniga transport bilan yetib borish mumkin
lekin yaqinlashgandan keyin gʻorga boradigan togʻ yoʻli ochil- magan. Xuddi
shunday holat mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlan- tirishdagi dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Aniqrogʻi shundan iboratki chet ellik turistlarning
talablarini oʻrganganimizda har 100 turistdan 60-65 tasi vatanimizdagi tabiat
qoʻriqxonalarini koʻrish istagini bildirishgan. Lekin,hozirgacha tabiat
qoʻriqxonalarimizdan turizmda foydalanishning huquqiy meʼyorlari ishlab
chiqilmagan. Shu sababli chet ellik turistlarning tabiat qoʻriqxonalarimizdan
foydalanishdagi taklif va talablari rad- qilinmoqda. Oʻz–oʻzidan maʼlum boʻladiki,
turistik firmalarimiz tabiat qoʻriqxonalariga turistik marshrutlar ishlab chiqmaydi
va turizm bozoriga ham chiqarmaydi. Shu oʻrinda yana bir muhim masalani ham
afsus bilan taʼkidlash lozimki, mamlakatimizdagi tabiat qoʻriqxonalariga va tabiat
buyurtmaxonalariga vatanimizning fuqarolari ham qoʻyilmaydi. Shuning uchun
ham aholining tabiat qoʻriqxonalarini bilishi ayniqsa, oliy taʼlim talabalarining
qoʻriqxonalarimizni bilishi oʻta darajalarda qoniqarsiz hisoblanadi. Bunday noxush
holatlar albatta tuzatilishi lozim. Xulosa qilganimizda,har qanday turistik obʼekt
turizmda foydala nishga ruxsat berilgan va ushbu turistik obʼektga turistik
marshrutlar ishlab chiqilgandan keyin ichki va xalqaro turizmda ishlay boshlashi
mumkin.
|
| |