zahirasi va turli–tumanligi boʻyicha Oʻzbekiston jahon dagi eng boy davlatlar
qatorida turadi. Mamlakatimizdagi faqatgina tarixiy, madaniy,
arxeologik
ahamiyatga ega boʻlgan obʼektlar soni 4,0 mingdan oshadi. Ulardan 545 tasi
meʼmoriy, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi sanʼat, 550 tasi arxeologik obidalardir.
Turizm obʼektlari: Xivada–310 ta obʼekt, Buxoroda –221 ta obʼekt, Toshkent
shahrida 144 ta, Samarqandda 118 ta, Jizzax viloyati da 372 ta obʼektlar bor.
Shuningdek, 9 ta tabiiy qoʻriqxonalar, 10 ta buyurtmaxonala va 3 ta milliy parklar,
betakror tabiatimiz, tabiiy goʻshalar, hayvonot va oʻsimlik olami ekologik turizmni
rivojlantirishda juda katta turistik resurslar hisoblanadi. Ushbu turistik obʼektlarda
turistik oqim faqatgina turistik maarshrutlar yaratilgandan keyingina koʻpayadi.
turizmni rivojlantirishning muhim asoslaridan biri turistik resurslarga marshrutlar
ishlab chiqish hisoblanadi. Turistik marshrutlarni
ishlab chiqishning turizm
rivojiga taʼsirini nazariy jihatdan olib qaralganda yana bir imkoniyatga toʻxtalish
juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu imkoniyatlar turizm obʼektida va turizm
marshruti davomida turistlarga xizmat qiladigan infratuzilmalarning hosil
boʻlishidir. Turistik resursga–obʼektga turistlar kelish
boshlangandan mahalliy
aholida turistlarga xizmatlar koʻrsatish istagi paydo boʻladi, turistlarning nimalarga
qiziqishini, ularning ehtiyojlarini oʻrgana boshlaydi. Shu tariqa turistik obʼektda va
turistik marshrut boʻylab oʻziga xos boʻlgan kichik–kichik turistik infratuzilmalar
paydo boʻladi. Yaqin yillargacha hazrati Dovud gʻori umuman eʼtibordan chetda
edi. Qizil imperiya vaqtida ziyoratchilar yashirin ziyoratga, sanoqli holda kelib
-ketishar edi. Mustaqillik yillaridan boshlab din erkinligidan soʻng hozirda eng
gavjum joylar-diniy ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Bunday ziyorat gohlarga
sobiq ittifoqning barcha sobiq respublikalaridan ziyoratchilar kelib ketishadi.
Hazrati Dovud gʻoriga kelib ketayotgan turistlarga xizmatlar qilish bilan gʻor
atrofidagi qishloq ahli toʻliq shugʻullanishadi. Tuya, ot, eshakda sayr, oziq-
ovqatlar, ichimlik suvi bilan taʼminlash va xizmatlar koʻrsatish
orqali mahalliy
aholining koʻp qismi yaxshi, yengil daromad topmoqdalar. Gʻor atrofida oʻziga xos
boʻlgan turizm infratuzilmalari oʻzaro raqobat nati jasida tobora kengayib,
mukammallashib bormoqda. Turizm marshrutlarini ishlab chiqishning turizm
iqtisodiyotidagi oʻrnini belgilaganimizda yoki belgilanishida eng muhimi shundan
iboratki, birinchi navbatda ish oʻrinlari hosil boʻladi. Ish oʻrinlarini tashkil qilish
esa jahon mamlakatlaridagi eng ogʻir masalalardan hisoblanishi maʼlum
muammodir. Turizmdagi tadbirkorlar yoki mutaxassislar koʻp
hollarda ichki
turizm obʼektlariga marshrutlar yoʻqligidan ushbu turistik obʼektga turistlarni taklif
qilmaydilar va bu turistik obʼektda turistlarga xizmatlar koʻrsatuvchi
infratuzilmalarning yoʻqligini sabab qilib koʻrsata dilar. Yuqorida qayd qilingan
paygʻambar Dovud gʻoridagi infratuzilmalarni davlat tashkilotlari qurib bergan
emas. Bu muqaddas gʻorga turistlar qoʻyilishi ruxsati berilganidan boshlab atrof
mahalliy aholi turistik infratuzilmalarni oʻzlari yaratishdi. Taʼkidlanganidek,
mahalliy aholining juda koʻpchiligi turistlarga xizmatlar koʻrsatishda kutilmagan,
yangi ish oʻrinlarini topishdi. Bu gʻorga ichki va xalqaro turistlarning koʻpayishi
natijasida xizmat qiluvchilarning oʻzaro raqobati
mavjud infratuzil malarning
tobora yaxshilanib borayotganligi kuzatilmoqda. Bundan xulosa shulkim,
mamlakatimizdagi barcha turistik resurslarga, turistik obʼektlarga turistik marshrut
ishlab chiqish va bu turistik marshrutlarni ichki va tashqi turizm bozoriga chiqarish
turizmni rivojlantirishning eng muhim masalasi hisoblanadi.