yetgan. Soʻng oʻsha zamonda Sharqda mashhur boʻlgan Bagʻdoddagi “Bayt al-
hikma” akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy bilan ishlash baxtiga muyassar
boʻlgan. Ahmad Fargʻoniy Quyosh va Oy tutilishlarini ham ilmiy jihatdan isbotlab
bergan, yulduzlar ilmining sultoni deyilgan mirzo Ulugʻbekdan
besh asr oldin
Quyosh va yulduzlarning harakat yoʻnalishlarini, Yer shar shaklida ekanligini va u
qutblar deb ataluvchi ikki oʻq atrofida harakatlanishini ham isbotlab bergan.
Oradan 800 yil oʻtgach Xristofor Kolumb hamda 16 asrda Yer shari boʻylab
aylanma sayohatni oshirgan Fernando Magellan ham Ahmad Fargʻoniyning Yer
shari hajmini hisoblash uchun ishlatgan bir daraja
meridian uzunligi haqidagi
hisob-kitoblarning naqadar toʻgʻri ekanligini yozib qoldirgan. Ahmad Fargʻoniy
Nil daryosining suvini doimiy oʻlchab turuvchi nilomer asbobini yasagan. Bu
asbob boʻyicha butun Nil daryozi havzasida muvaffaqiyatli dehqon chilik qilingan.
Bu asbob boʻyicha Nil daryosining toshqinli davrlari oldin dan maʼlum boʻlgan.
Misr hukumati vatandoshimiz Ahmad Fargʻoniyning
ushbu mamlakat oldidagi
xizmatlariga yuksak ehtirom sifatida Nil daryosidagi Roda orolida uning haykalini
oʻrnatishga qaror qildi. Ushbu haykal prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yilda
Misrga qilgan rasmiy tashrifi chogʻida tantanali ravishda ochilgan.
Zamaxshariy
(1075-1144). Abdulqosim Maxmud ibn Umar az-Zamaxshariy 1075 yilning 19
martida Xorazmning Zamaxshar qishlogʻida tugʻilgan. U hayoti davomida tinmay
sayohat qilgan.
Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon mamla katlarini 1100-
11220 va 1127-1139 yillarda ikki marta aylanib chiqqan. Zamaxshariy Xuroson,
Eron,Arabiston, Iroq, Yaman, Suriya, Marv, Nishopur, Isfaxon, Bagʻdod, Xijoz,
Damashq va Makka shaharlarida boʻlib asarlari uchun boy manbalar toʻplagan.
Uning qomusiy asari-“Al-Kashshof“ asari Qurʼon tafsiriga oid oʻrtasida eng
mukammal ekanligi shaqshunos va arbshunos olim lar tomonidan tan olingan. Shu
sababli, mazkur asar dunyoning turli mamlakat larining universitetlarida asosiy
darslik sifatida hozirgacha qoʻllanilib kelinmoqda.