• 21.Turistik marshrut ishlab chiqishning mavzuli usulini tushuntiring.
  •  Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/64
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #138693
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
    Bog'liq
    Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

    20. Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari.
    Turistik marshrutlarni ishlab
    chiqishda turli uslubiy yondashishlarni hisobga olish talab qilinadi. Turizm sohasi
    dastlabki rivojlanish davrida turistik marshrutlar ham, turistik ekskursiya
    marshrutlari ham asosan ogʻzaki tashkil qilinadi va aniqrogʻi ogʻzaki dasturga
    asosalanib oʻtkazilaveradi. Bunday holatlarda turist oʻzi koʻrishni, borishni istagan
    turistik obʼektni tavsiya qiladi va unga koʻrsatiladigan xizmatlarning barchasi
    rejalashtiril gan ogʻzaki dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi. Shuning uchun ham
    mamlakatimizda turistlarga ogʻzaki vaʼdalar berish va ogʻzaki usullarda turistik
    marshrutlar xizmatlarini koʻrsatish davri tugadi. Odatlanganimizdek, hozircha
    ichki turistlarga ogʻzaki turistik marshrutlar xizmatlarini koʻrsatishimiz mumkin.
    Chunki, ichki turistlar shu sharoitlarga hozircha oʻrganishgan. Hozirgi zamonaviy
    turizmda, ayniqsa xalqaro turist larga mukammal rejali, dasturli turistik
    marshrutlarni ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda.Umumiy qilib olganda turistik
    marshrutlarni ishlab chiqish 3 usulda amalga oshiriladi. Bu usullarning barchasida
    turistik marshrutlar ishlab chiqish faqat bir tizim talablari asosida amalga
    oshiriladi. Aniqrogʻi, turistik marshrutlar ishlab chiqish texnologiyasi bir usulda


    mavzulari turlarning talablariga rioya qiladiTurizm rivojlana borgan sari turistlarga
    bunday usullarda xizmatlar koʻrsatish samara bermay qoladi. Chunki, birinchidan,
    turistlar oqimining koʻpayishi, ikkinchidan, barcha turistlarga ogʻzaki xizmatlar
    koʻrsatishga vaqt yetishmaydi. Uchinchidan, zamonaviy vaqt talabi boʻyicha
    hozirda juda koʻplab turistlar oʻzi qiziqgan turistik obʼektlarga oldindan
    buyurtmalar berishga odatlangan.
    21.Turistik marshrut ishlab chiqishning mavzuli usulini tushuntiring.
    Mavzuli
    usul. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul mavzuli
    usul hisoblanadi. Turistik resurslarning barchasi maʼlum bir tizimda (sistemada)
    turganligidan, aniqrogʻi nomlanishi boʻyicha turlarga ajratilgan. Masalan: ekologik
    turizm, diniy-ziyoratgoh turizm, sport turizmi va hakozolar. Qayd qilingan
    nomlanishlardan maʼlum boʻladiki, ekologik turizm marshrutlari tabiat
    landshaftlari va uning biolo gik resurslari bilan bogʻliq. Shuning uchun ham
    ekologik turizm marshrutlari ning barchasi tabiat resurslari va uning turlari nomi
    bilan ataladi. Masalan, «Tabiat qoʻriqxonasining hayvonot olami», «Tabiat
    qoʻriqxonasi ning oʻsimliklar dunyosi». Bu mavzulardagi turistik marshrutlarni
    qoʻriqxona dagi ushbu turistik obʼektlarga qiziqgan turistlarning oʻzlari tanlashadi.
    Ekologik turizm marshrutlari alohida tabiiy landshaftlarga ham ishlab chiqilishi
    mumkin. Shuningdek, ekologik-rekretsiya mavzusida ham majmuali holatda ishlab
    chiqilishi mumkin. Masalan, qoʻriqxonalarda ishlab chiqilgan turistik mashrutlarni
    ekologik turizmning majmuali marshrutlari deb atasa toʻgʻri boʻladi. Chunki,
    qoʻriqxonada turist tabiatni va uning biologik xilma- xilligini majmuali holda
    (oʻsimliklar, hayvonlar, qushlar, soylar, daralar, oʻrmonlar, suv havzalari va
    hakozolar) tomosha qilishadi, dam oladi-rekreatsiya. Shuning uchun ham turizm
    marshrutlar ishlab chiqish asosiy holatlarda turis tik resurs nomi bilan nomlanadi.

    Download 1,71 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari

    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish