|
Turistik marshrut ishlab chiqishning tamoyillariBog'liq Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.2425.Turistik marshrut ishlab chiqishning tamoyillari.
Ishlab chiqarishda gʻoya
va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan prinsip soʻzi asos, talab, negiz
maʼnolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Turistik
marshrutlar ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) ana shu
marshrutlar ishlab chiqishdagi birlamchi talablar, mezonlar deb qabul qilsak
boʻladi. Hozirgacha turistik marshrutlar ishlab chiqishning 7 ta tamoyili-talabi bor.
Bu tamoyillarni turistik marshrut ishlab chiqishdagi asosiy talablar sifatida biror
bir olim yoki turizm mutaxassisi taklif qilmagan. Balki, turistik marshrutlar ishlab
chiqishdagi yoʻl-yoʻlakay kuzatuv, talab, amaliyot, oʻy-fikr va takliflarni jamlagan
mutaxassislarning umum xulosaviy, ijodiy qarashlaridir. Turistik marshrutlar
ishlab chiquvchi bu tamoyillarni qoʻllaganida marshrutga kiritish obʼektlari, shart-
sharoitlar, turistlar yoki xizmat qiluvchilarning, mahalliy aholining takliflari yoki
talablari bilan boyitib, mukammallashtirib borishi mumkin. Eng avvalo yaxshi
anglab olish lozimki, turistik marshrut ishlab chiqish maʼlum bir nazariya yoki
biror bir standart yoki qolipga boʻysunmaydi. Turistik marshrutlarga
boʻysunadigan standartlar marshrutlarning texnik jihatlaridir. Turistik marshrut
ishlab chiqish bu-maʼlum turistik obʼekt, resursga turistlarni jalb qilishdagi eng
birinchi harakatdir. Shuning uchun ham marshrut ishlab chiqish–turni ishlab
chiqish, maʼlum turistik obʼektdan turizmda foydalanishni turlar ham oʻta darajada
mukammal, har tomonlama qulaylik imokniyatlariga ega boʻlgan marshrutlar
asosida amalga oshirilishini talab qiladi. Turistik marshrutning mukammal ishlab
chiqilishi bu–turistning erkin harakat qilishini va turdagi xizmatlarga boʻlgan
talablarini oʻz vaqtida qondiradi. Hozirda turistik marshrutlar ishlab chiqishning
tamoyillari yaratilganki, turizmda har qanday turistik marshrutlar ishlab chiqishda
asosan ana shu tamoyillardan foydalaniladi. Bu tamoyillar quyidagicha nomlanadi
|
| |