xizmatlaridagi yana bir imkoniyat transport ichida
ekologik toza ichimlik
suvlarining boʻlishi, transport oynalarining ochilishi yoki yopili shi, radio, TV.ning
boʻlishi, turistning avtobus salonida erkin harakatla nishga sharoitning boʻlishidir.
2. Marshrutdagi ekskursiyalar vaqtidagi imkoniyatlar. Turistik marshrut larning
aksariyat qismida (ekologik turizm, arxeologik turizm, rekreatsiya turizmi, tarixiy,
diniy turizm va hakozo turlarda) ekskursiyalar tashkil qilinadi. Ayniqsa ekologik
turizm marshrutlarida, rekreatsiya turizmi marshrutlarida va turistik lagerlarda dam
oluvchilar uchun turli mavzularda landshaftni koʻrish,
tomosha qilish
ekskursiyalari uyushtiriladi. Ekskursiya vaqtidagi imkoniyatlarning birinchisi
yurish yoʻllari, soʻqmoq lar, mahalliy koʻpriklar, daralar yoki togʻ bagʻridan
chiqish, tushish, jarliklar ichidagi yurish yoʻllari tekis, xavfsiz boʻlishidir. Togʻ
soʻqmoqlaridan, jarlik lar boʻylab yurganda tovush, shovqin effektining halokatli
boʻlishi albatta turistlarga tushuntiriladi. Ekskursiya vaqtida turistlarga yana bir
imkoniyat yaratish lozimki, zamonaviy turizmda zamonaviy xizmat deyiladigan–
yaʼni ekskursiya davomida turistlarni dam olish tanaffusiga chorlash. Bu usulni
ayniqsa togʻ va choʻllar dagi ekologik turizm marshrutlaridagi
ekskursiyalar
vaqtida qoʻllash turist ning kayfiyatini koʻtaradi. Bu usulda marshrut rahbari
mahalliy aholidan ot, eshak yoki mahalliy arava olib turistlarning oʻzini ham shu
transport turlari da olib yurishi, agar turistlar piyoda yurishni hohlashsa ularning
yukini, ichimlik suvini, qisqa muddatli ekzotik ovqatlanish mahsulotlarini va eng
muhimi yigʻma stul va yigʻma karovatchalarni albatda birga ortib yurish kerak.
Marshrutdagi ekskursiyalarda bizning iqlimimizda xalqaro turistlar ham mahalliy
turistlar ham yoz mavsumida tezda chanqab qolishi yoki togʻlar va xushxavoli
tabiat bagʻrida tezda och qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda marshrut ning yoki
ekskursiyaning rahbari turistlarga soya-salqin joylarda yigʻma stul va yigʻma
karovatlardan iborat dam olish joyini taklif qilish mumkin. Bunday
imkoniyatlardan foydalangan turist albatta yaxshi kayfiyatda boʻladi. Marshrutdagi
boshqa xil ximatlarda ham imkoniyatlarning yaratilganlik tamoyilini qoʻllash
marshrutning muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlaydi.