|
15-Ma’ruza: Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari
|
bet | 1/8 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 171,61 Kb. | | #148380 |
Bog'liq 15-Ma’ruza Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari. (1) 15-Ma’ruza: Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari. Reja: 2. Klinker ishlab chiqarish Portlandsement - Umumiy ma’lumotlar. Portlandsement muayyan miqdordagi oh’aktoshlar va giltuproqlar aralashmasini 14500C h’aroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish jarayoni 3-5% gips va 15% gidravlik qo’shimchalar qo’shib olinadi. Klinker g’ovak soqqachalar bo’lib Sement olish uchun yarim xomashyodir. Gips, fosfogips va borogipslarni Sement tarkibiga kiritilishi uning qotishini boshqaradi. Gidravlik qo’shimchalar esa portlandsementga suvga chidamlilikni beradi. Gidravlik qo’shimchalar sifatida gliej, opoka, diatomit, trepel, elektrotermofosfor shlaki, toshko’mir kuli va shu kabi tabiiy va suniy materiallar ishlatiladi. PortlandSement rasmiy ravishda 1824 yilda E. Cheliev (Rossiya) va Dj. Aspdin (Angliya) tomonidan yaratilganligi tan olingan. O’zbekiston olimlaridan S.To’xtaxo’jaev, i.Toshpo’latov, T.Otaqo’ziev, B.Nudelman va boshqalarning Sement turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishdagi xissalari kattadir.
Klinker. Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog’liq. O’z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Klinker tarkibini ko’plab oksidlar erkin va minerallarga birikkan holatda tashkil qiladi. U asosan kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega. Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo’yicha %): CaO- 63-66, SiO2-21-24, Al2O3-4-8, Fe2O3- 2-4: bundan tashqari MgO, SO3, Na2O va K2O h’amda TiO2, Cr2O3, P2O5 lar oz miqdorda bo’ladi. - Klinker. Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog’liq. O’z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Klinker tarkibini ko’plab oksidlar erkin va minerallarga birikkan holatda tashkil qiladi. U asosan kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega. Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo’yicha %): CaO- 63-66, SiO2-21-24, Al2O3-4-8, Fe2O3- 2-4: bundan tashqari MgO, SO3, Na2O va K2O h’amda TiO2, Cr2O3, P2O5 lar oz miqdorda bo’ladi.
- Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi.
- Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, alyuminatlarni, alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi.
- Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kaltsiyli silikat, to’rt kaltsiyli alyumoferrit kiradi.
|
| |