|
15-Ma’ruza: Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari
|
bet | 5/8 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 171,61 Kb. | | #148380 |
Bog'liq 15-Ma’ruza Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari. (1)Hosil bo’lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po’latdan yasalgan shlambasseynlarga yuboriladi. Shlambasseynlarda shlam tarkibi etiladi va 5-7 kunlik zah’ira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o’lchovli taminlovchi orqali aylanma xumdonlarga kuydirish uchun uzatiladi. - Hosil bo’lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po’latdan yasalgan shlambasseynlarga yuboriladi. Shlambasseynlarda shlam tarkibi etiladi va 5-7 kunlik zah’ira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o’lchovli taminlovchi orqali aylanma xumdonlarga kuydirish uchun uzatiladi.
- Quruq usulda klinker tsiklonli issiq almashinuvchi reaktor-dekarbonizatorlarda pishiriladi. Bu usulda bir texnologik tizimda 3000 tonnagacha klinkerni pishirish mumkin. Bu usulda yoqilg’i sarfi ho’l usulga nisbatan 30-40% kam sarflanadi. Xumdonlarga metall sarfi 2,5-3 marta kamayadi. Quruq usulga binoan ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1-2% qoldiq namlikgacha maydalanadi.
- Kombinatsiyalashgan usulda ho’l usulda singari bo’lakchalar tayyorlanib so’ng quritiladi va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda yoqilg’i sarfi 20-30% gacha ho’l usulga nisbatan kam sarflanadi.
- Takidlash zarurki, klinker olishda har bir usulning yutuq va kamchiliklari mavjud bo’lib, ho’l usulda suvli sharoitda xomashyo tez maydalanadi, ammo quruq usulga nisbatan yoqilg’i 2 marta ko’p sarflanadi. Keyinchalik, xomashyoni
Kuydirish xumdoni (1-rasm) bo’lak-bo’lak po’latdan yasalgan, ichki tomondan olovga bardoshli materiallar bilan qoplangan uzun tsilindr ko’rinishida bo’ladi.
1-rasm. Aylanma xumdon
1-Xomashyo aralashmasi (shixta); 2-issiq gazlar; 3-aylanma xumdon; 4-issiqlik almashinishini yaxshilaydigan zanjirli osmalar; 5-harakatga keltiruvchi qurilma; 6-xumdonning suvli sovitish zonasi; 7-alanga; 8-forsunka vositasida yoqilg’i yuborish; 9-klinker; 10-sovitgich; 11-tayanchlar.
Klinkerni maydalash. Sement klinkerini maydalab tuyish quvursimon sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Sharli tegirmon ichki tomondan mustahkam zirxli po’lat bilan qoplangan bo’lib, 2-4 bo’lmadan iborat. Katta tegirmonlarning o’lchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16,4m bo’lib, soatiga 100 va 135 tonna klinkerni maydalaydi. Tegirmonda klinkerni maydalash shar yoki silindrchalarning tegirmon ichida malum masofaga ko’tarilib tushishiga va dumalashiga asoslangan. Klinkerni po’lat sharlar yirikroq tsilindrchalar esa maydaroq tuyushga mo’ljallangan. Bu tegirmonlar to’xtovsiz ishlashga mo’ljallangan bo’lib, klinker bir tomondan ichi bo’sh val (tsapfa) orqali tegirmon ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan Sement chiqarib olinadi. - Klinkerni maydalash. Sement klinkerini maydalab tuyish quvursimon sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Sharli tegirmon ichki tomondan mustahkam zirxli po’lat bilan qoplangan bo’lib, 2-4 bo’lmadan iborat. Katta tegirmonlarning o’lchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16,4m bo’lib, soatiga 100 va 135 tonna klinkerni maydalaydi. Tegirmonda klinkerni maydalash shar yoki silindrchalarning tegirmon ichida malum masofaga ko’tarilib tushishiga va dumalashiga asoslangan. Klinkerni po’lat sharlar yirikroq tsilindrchalar esa maydaroq tuyushga mo’ljallangan. Bu tegirmonlar to’xtovsiz ishlashga mo’ljallangan bo’lib, klinker bir tomondan ichi bo’sh val (tsapfa) orqali tegirmon ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan Sement chiqarib olinadi.
|
| |