|
Xom — ashyoni baholash asosan ikki belgi: kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra amalga oshiriladi
|
bet | 7/8 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 171,61 Kb. | | #148380 |
Bog'liq 15-Ma’ruza Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari. (1)Xom — ashyoni baholash asosan ikki belgi: kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra amalga oshiriladi. - Xom — ashyoni baholash asosan ikki belgi: kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
- Fizikaviy xususiyatlarning eng muhimlari: xom — ashyoning namligi, mineralogik, granulometrik tarkibi, mustaxkamligi, begona aralashmalarning qay miqdorda mavjudligidir.
- Ohakli jinslar — bu jinslarning barcha turlaridan bo‘r, ohaktosh, chig‘anoqtoshli ohaktosh, ohakli tuf, marmardan foydalanish mumkin. Bizning mamalakatimizda ko‘proq ohaktosh va bo‘rdan foydalaniladi, ularning tarkibida 90% gacha CaCO4 va ozgina qum, gil moddalar mavjud. Kimyoviy tarkibida CaO — 50%, CO2-40% miqdorida bo‘ladi.
- Jinslar yuqori darajada dolomitlangan va gipslangan bo‘lsa, ular sement ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
- Mergellar — karbonat angidridli kalsiy va ko‘pgina mayda kvarsli qum bilan aralashgan gilning tabiiy qorishmasidan iborat bo‘ladi. Ular kuydirilganda tarkibidagi CaO,SiO2,R203 miqdori bo‘yicha klinkerga yaqin bo‘ladilar.
Portlandsementni ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - A) Xom — ashyoviy moddalarni konlardan qazib olish va zavodga tashib keltirish;
- B) Xom — ashyoviy aralashmani tayyorlash;
- D) Pishirish uchun xom — ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker hosil qilish;
- E) Klinkerga gips yeki faol mineral qushimchalar qo‘shib tuyish va portlandsement hosil qilish;
- G) Tayyor mahsulotni omborlarga (siloslarga) joylash, saqlash.
Xo‘l usul - Bu usul agar xom – ashyo mayda bo‘lsa xamda katta namlikka ega bo‘lsa qo‘llaniladi va qo‘yidagi texnologik rejada o‘tib boradi.
- Yumshoq jinslar (gil va bur) valik maydalagichda (valkovaya drobilka) da 10 sm o‘lchamli bo‘lakchalarga maydalanadi va so‘ngra loyqorg‘ichda suv bilan ivitiladi, qorishtiriladi. Suyuq oquvchan modda — shlam ko‘rinishidagi xom ashyoviy aralashma 35 — 45% namlikka ega bo‘ladi, Loyqorg‘ich — diametri 10m va balandligi 2,5 — 3,5 m li dumaloq temirbeton rezervuar bo‘lib, ichi cho‘yan plitalar bilan qoplangan bo‘ladi. Qorg‘ichning o‘rtasida gilni maydalash uchun po‘lat xaskash maxkamlangan krestovina aylanadi. Gil qorg‘ichga suv bilan birgalikda uncha katta bo‘lmagan qismlar bilan solib turiladi.
|
| |