• 31.Turistik marshrutlar ishlab chiqishda turistning xohishi bo‘yicha turistik ob’yektda belgilanadigan jozibadorlik.
  • Turistik marshrutlar ishlab chiqishda tabiatning biologik xilma-xilligidagi




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/64
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #138693
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
    Bog'liq
    Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

    30Turistik marshrutlar ishlab chiqishda tabiatning biologik xilma-xilligidagi
    jozibadorlik va betakrorlik. Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik
    va betakror lik. Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakrorligi
    haqida gapirilganda qandaydir tortishuvlar, isbotlashuvlarga oʻrin qoldirmaslik
    zarur. Lekin tabiat goʻzalligi, uning betakrorligi haqida tortishuvlar, bu
    betakrorlikni baʼzi bir olimlar, oʻzlarining oʻrganish, ilmiy–tadqiqotlari mavzulari
    boʻyicha tushunadi va tabiatdagi betakror likni oldingi oʻrinlarga chiqarishga
    harakat qilishadi. Biologik xilma- xillik deganda oʻsimliklar olami va hayvonot
    dunyosining oʻzi emas, ular oʻsadigan va yashaydigan tabiiy muhit ham
    tushunilmogʻi kerak. Oʻzbekistonda tabiatidagi biologik xilma -xillik, betakrorlik
    resurslari alohida mavzu da keltirildi.
    31.Turistik marshrutlar ishlab chiqishda turistning xohishi bo‘yicha turistik
    ob’yektda belgilanadigan jozibadorlik.
    Turistning hohishi boʻyicha turistik
    obʼektda belgilanadigan jozibadorlik va betakrorlik. Jahonshumul ahamiyatga ega
    boʻlgan turistik obʼektlarga turizmdagi oqim ham katta boʻlishi oʻz–oʻzidan
    maʼlum. Masalan, Misrdagi piramidalar, Samarqanddagi Temuriylarning tarixiy,
    madaniy inshootlari, Hindistondagi Toj Mahal maqbarasi, Parijdagi Eyfel minora
    si, Xitoydagi «Buyuk Xitoy devori», Rossiyadagi «Kreml» majmuasi, Angliya
    dagi «Styuunxej» qoldiqlari va x.k. Shu bilan birga halqaro turizmda ham, ichki
    turizmda ham alohida guruh turistlarning oʻz qiziqish obʼekti boʻladi. Koʻp
    hollarda bunday turistlar yoki kasbiy faoliyati boʻyicha yoki tabiatdagi biron-bir
    oʻsimlikning oʻsish tarzi yoki bir hayvonning yashash tarzining tabiatiga qiziqishi,
    aynan oʻsha turni yaxshi koʻrishi, unga ana shu turning harakatlari yoki oʻsishi,
    guli, bargi, yoki rangi kichikligi, mittililigi yoki ulkan, kuchliligi yoki yirtqichligi
    maʼqul boʻladi. Lekin turist yoqtirgan oʻsimlik yoki hayvon turi oʻzi yashayotgan
    mamlakatda yoʻq boʻlganligi uchun u shu tur oʻsadigan yoki yashaydigan boshqa
    mamlakat tabiatiga sayohatlar uyushtiradi. Masalan, choʻlning goʻzal hayvonlari
    jayron va saygʻoqlar Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kamsonli boʻlsada
    saqlanib qolgan. Ana shu jayron va saygʻoqlarni koʻrish, yashash tarzini oʻrganish
    va boshqa davlatlar tabiatida yoki hayvonot bogʻida saqlash va koʻpay tirishga
    qiziquvchilar, olimlar, tabiatshunoslar hozirda deyarli Oʻzbekiston ga kelishadi
    (Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekologik markazi). Bu yerda ularning faoliyati
    uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan. Soʻnggi yillardagi kuzatishlardan
    maʼlum boʻlmoqdaki, yurtimizga keluvchi turistlar ichida qoyatoshlarimizdagi
    qadimiy tasvirlar, rasmlarga qiziquvchilar, koʻhna arxeologik qoldiqlarga
    qiziquvchilar soni koʻpayib bormoqda. Shuning uchun ham Respublikamiz
    hududlaridagi togʻlarda, dara larda qadimiy rasmlar, tasvirlar va yozuvlar
    tushirilgan qoyatoshlarni roʻyxatga va davlat nazoratiga olishimiz kechiktirilmay
    bajariladigan ish hisoblanadi. Yana bir misol keltirganimizda yovvoyi qoʻylar
    arxarlarni koʻrish uchun ham davlatimizga koʻplab turistlar kelishadi. Chunki,
    «Nurota» togʻ–oʻrmon qoʻriqxonasining asosiy faoliyati Markaziy Osiyo uchun


    endemik hisoblangan «arxarlarni» saqlab qolish va koʻpaytirishga qaratilgan.
    Eʼtibor qiling, «Yovvoyi Afrika» va «Xalqaro geografiya jamiyat»ining yovvoyi
    yirtqich hayvonlar (sher, yoʻlbars, qoplon, puma, leopard, pantera, giyena va
    hakozlar) hayoti haqidagi tabiatda olgan filmlarini hamma zoʻr qiziqish bilan
    tomosha qilishadi. Shu bilan birga tomoshaning eng qiziq joyi yirtqich
    hayvonlarning ov qilishi va ovqatlanishi usullaridir. Ushbu filmlardagi betakrorlik
    aynan ana shu ov qilish koʻrinishlarining berili shidir. Agar ushbu filmlarda
    yirtqich hayvonlarning ov qilish koʻrinishi boʻlmasa film juda zerikarli va bir
    marotaba (yovvoyi hayvon boʻlganligi dan) koʻrishga arziydi. Turizm
    marshrutlarini ishlab chiqishda shuning uchun ham insonni qiziqtiruvchi birorta
    obʼekt (katta, kichik, mayda, ulkan, xaroba va boshq.) eʼtibordan chetda qolmaslik
    lozim boʻladi. Shu oʻrinda yana takror laymizki, bugungi kunda eʼtibordan
    chetdagi obʼekt ertaga qiziqarli boʻlishi mumkin degan xulosa bilan turistik
    resurslarning barchasini roʻyxatga olib, hozirdan turistik resurslar katologini
    tuzishga kirishimiz lozim boʻladi.

    Download 1,71 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turistik marshrutlar ishlab chiqishda tabiatning biologik xilma-xilligidagi

    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish