• 35. Turistik marshrut ishlab chiqishdagi qulaylik tamoyili.
  • 36.Turistik marshrut ishlab chiqishdagi axborotlanganlik tamoyili.
  • Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi ko‘p qirralik (variantlilik)




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/64
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #138693
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
    Bog'liq
    Снимок экрана 2023—09—20 в 14.55.24

    34. Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi ko‘p qirralik (variantlilik)
    tamoyili.
    Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi koʻp qirralik, (variantlilik)
    tamoyili. Bu tamoyil boʻyicha maʼlum bir tur uchun ishlab chiqilgan marshrutning
    bir necha variantlari oldindan tayyorlanib qoʻyiladi. Masalan, ob-havo oʻzgargan
    hollarda turistik marshrutdagi xizmatlar ham oʻzgaradi. Ayniqsa turistik
    marshrutdagi ekskursiyalarni oʻtkazish qiyinla shadi (masalan, yomgʻir
    yogʻayotgan vaqtda). Bunday vaziyatlarda ekskursiyaga ajratilgan vaqtni samarali
    oʻtkazish tadbirlari ishlab chiqish zarur boʻladi va marshrut dasturiga kiritiladi.
    Endi bu marshrut oʻzgartirilgan marshrut hisoblanadi. Maʼlum bir tur uchun
    marshrutning oʻzgartirilgan variantlari turistlar soni oʻzgarganda ham ishlab
    chiqiladi. Chunki, bu holatda ham oldingi marshrut dagi hajm oʻzgarib ketadi
    (masalan transport soniga, ovqatlantirishga, ekskursiyaga buyurtmalar). Shu
    oʻrinda turistlarning (maʼlum bir guruhi) jismoniy tayyorgarligi, yoshi bilan
    bogʻliq holatlarida ham marshrutning yangi variantlari ishlab chiqilgan boʻlishi
    lozim.
    35. Turistik marshrut ishlab chiqishdagi qulaylik tamoyili.
    Turistik marshrutlar
    ishlab chiqishdagi qulaylik tamoyili. Bu tamoyildagi talablar shundan iboratki,
    marshrutdagi barcha xizmatlarni turistga taklif qilishda birinchi navbatda
    komfortga, qulaylilikga eʼtibor berish kerak boʻladi. Bu qulayliklar haqida turistik
    marshrutning oldingi tamoyillarida batafsil toʻxtaldi.
    36.Turistik marshrut ishlab chiqishdagi axborotlanganlik tamoyili.
    Turistik
    marshrut ishlab chiqishning axborotlanganlik tamoyili. Turistik marshrut haqidagi
    barcha maʼlumotlar–broshyura, bukletlar, maʼlumotlar, gazeta, radio, TV, aloqa
    vositalari marshrut ish boshlaganidan oldin tayyor boʻlishi lozim. Turist
    marshrutda nimani koʻradi, nimalar haqida maʼlumotlar eshitadi, qanday yuradi,
    transport turlari, dam olish, ovqatlanish tartibi, koʻngil ochar oʻyinlar turi,
    ekskursiyalar, uchrashuvlar va hakozolarga javob boʻlishi kerak. Axborotlanganlik
    tamoyili turizmdagi barcha turistik resurslarga ishlab chiqiladigan turistik
    marshrutlarda qoʻllanilishi shart. Qayd qilingan tamoyillar turistik marshrutlar


    ishlab chiqishning asoslarini, koʻrsatmalarini, yoʻl-yoʻriqlarini tashkil qiladi.
    Maʼlum boʻladiki, turistik marshrutlar ishlab chiqish ancha murakkab jarayon
    boʻlib, turistik xizmatlarni amalga oshirishda yuqori malakali mutaxassislarni jalb
    qilishni talab qiladi. Shuningdek, turistik marshrutdagi xizmatlarni bajaruvchilar
    ham tillarni biladigan, zimmalariga olgan vazifalarni sidqidildan bajaruvchilar
    boʻlishlari kerak.

    Download 1,71 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi ko‘p qirralik (variantlilik)

    Download 1,71 Mb.
    Pdf ko'rish